“Ayaks” xavbeki jamoadoshlariga MYUga o'tishini aytdi
30 avg 2020 19:25
Yangiliklar
Manbaga ko'ra, amsterdamliklar yarim himoyachisi Donni van de Bek keyingi hafta “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga yo'l oladi. U bu haqda jamoadoshlarini xabardor qilgan.
23 yoshli futbolchini “Barselona”ning yangi ustozi Ronald Kuman ham o'z jamoasida ko'rishni xohlagandi. Biroq, “qizil iblislar” niderlandiyalik futbolchi uchun kurashda ustun keldi.
Qayd etilishicha, “Ayaks” van de Bek uchun 55 mln evro so'ragan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar