“Ayaks” Van de Bekning ketishini tasdiqladi. Unga “Barselona” qiziqmoqda
30 avg 2020 08:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589559_original.jpg)
![](/upload/storage/589559_220.jpg)
“Ayaks” Van de Bekning ketishini tasdiqladi. Unga “Barselona” qiziqmoqda
“Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bek jamoasini tark etish ehtimoli yuqori.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag xabar berdi. Ilgariroq futbolchi “Ayntraxt”ga (2:1) qarshi bellashuvda uchrashuv qaydnomasidan joy olmadi.
“Donnining maydonga tushmaganligi ko'p narsani anglatadi. Uning maydonga tushmasligini hech kim aytgani yo'q. Biz buni birgalikda har ikki tomon kelishib amalga oshirdik. U jamoasini almashtirishi mumkin, shunday holat yuz bergandayam biz hamkorlikda bu masalani echishga harakat qilamiz”, deya ten Xagning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Telegraaf.nl.
O’xshash yangiliklar
15:55
Ispaniya OTJ futbolchilari: "Tokio-2020dan tugallanmagan ishimiz bor. Maqsadimiz - oltin medal" 6
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar