“Ayaks” Van de Bekning ketishini tasdiqladi. Unga “Barselona” qiziqmoqda

30 avg 2020, 08:58
“Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bek jamoasini tark etish ehtimoli yuqori.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi  Erik ten Xag xabar berdi. Ilgariroq futbolchi “Ayntraxt”ga (2:1) qarshi bellashuvda uchrashuv qaydnomasidan joy olmadi.

“Donnining maydonga tushmaganligi ko'p narsani anglatadi. Uning maydonga tushmasligini hech kim aytgani yo'q. Biz buni birgalikda har ikki tomon kelishib amalga oshirdik. U jamoasini almashtirishi mumkin, shunday holat yuz bergandayam biz hamkorlikda bu masalani echishga harakat qilamiz”, deya ten Xagning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Telegraaf.nl.

O'xshash yangiliklar


Manba: Telegraaf.nl.