"Ayaks" "Roma" taklifini rad etdi

4 iyun 2019, 21:40
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Roma" klubini boshqarmaydi.

Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar berdi. 

Manbaga ko'ra, Gollandiya klubi rahbariyati yangi murabbiy izlayotgan rimliklarning taklifiga rad javobini bergan.

Endi "Roma" jamoasi oldida ikkita nomzod qoldi: Paulo Fonseka ("Shaxtyor") va Roberto De Dzerbi ("Sassuolo").  

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.sky.it