So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  8 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

"Ayaks" haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar Yangiliklar

"Ayaks" haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

Agar siz “Ayaks”ni faqat “qizil-oq” forma orqali tanisangiz, u holda ushbu maqola orqali ularni yaqindan bilib olishingiz mumkin.

Bir qarashda, "Ayaks" - "Tottenxem" o'yini Evropa Ligasida yoki ECHL 1/8 final bosqichida yuzaga kelishi kerak bo'lgan to'qnashuvdek edi. Ammo bu juftlikni yarim finalda ko'rish, katta pul aylanayotgan futbol dunyosi uchun chinakam ertak desak, mubolag'a bo'lmaydi. Lekin barchasi unchalik ham oddiy emas. "Tottenxem" Evropa miqyosida katta yutuqlarga erishmagan, "Ayaks" ko'hna qita elita vakillaridan biri va ECHLdagi g'alabalar soni bo'yicha uncha-muncha klubni ortda qoldiradi. Lekin Gollandiyadan tashqarida so'nggi 20 yil titul ko'lga kiritmagani sabab, ko'chilik sekin-asta Amsterdam qudratini unuta boshlagandi. Bugungi o'yin oldidan, "Ayaks" haqidagi bir nechta qiziqarli faktlar hamda uning tarixidagi rekordlarni yodga olishga qaror qildik.

“Ayaks”ning nomi avvaliga “Yunion” bo'lgan va amsterdamlik uch talaba tomonidan tashkil qilingan

“Ayaks” 1900 yil, o'z nomiga ega bo'lgunga qadar, ikki xil nom bilan faoliyat yuritgan. Klub asoschilari Xan Dade, Karel Reser va Floris Stempel 1893 yil jamoa tashkil qilishdi va unga “Yunion” deb nom qo'yishdi. Yosh futbolchilar o'yinlarni Amsterdamning chekka qismida o'tkazganlar. Klub nomi bir necha oyga “Footh-Ball Club Ajax” nomiga o'zgartirilgan. Bu nom grammatik tomondan xato bo'lgan. 1896 yil Amsterdamda ko'plab futbol klublari ochila boshladi va “Ayaks” raqobatga bardosh bera olmadi hamda 1900 yilgacha faoliyati to'xtadi. Aynan shu yil klub tashkil topgan yil deb hisoblanadi. O'sha yili Floris Stempel eski qadrdonlarini 18 mart kuni “Ost-Indiya” kafesida yig'di. Do'stlar “Football Club Ajax” (xatosiz!) klubini qayta tashkil qilishga qaror qilishdi. Floris klubning birinchi prezidenti bo'ldi, Xan va Karel esa rasmiy kengashning ilk azolari bo'ldilar. Jamoa Amsterdam Futbol Ittifoqiga qo'shildi hamda bahslar tashkil qilish uchun shahar shimolidan bir maydonni ijaraga oldi.

Qadimgi Yunon qahramoni sharafiga klub nomi qo'yildi

“Ayaks” klubiga afsonaviy qahramon “Buyuk Ayaks” nomi berildi. Takidlash joizki, qadimgi Yunon afsonalarida “Kichik Ayaks” haqida ham so'z boradi. Ammo klub logotipida aynan Eant Telamonid tasvirlangan. Ayaks “Illiada" qahramonlaridan biri bo'lgan hamda Troya qamalida ishtirok etgan. U Axillaning (qadimgi Yunon qahramoni) akasi bo'lib, Axilladan keyingi jasur qahramon sanalgan (Gomer asarlariga ko'ra). Ayaksning o'limi haqida turli xil afsonalar bor. Biroq eng keng tarqalgani: u o'z joniga qasd qilgan ekan.

“Ayaks” logotipi 11 futbolchini tasvirlaydi

Klub tarixida jamoaning 3ta logotipi bo'lgan. Ularning birinchisida qora shortik, qizil-oq futbolga kiygan, to'p tepayotgan o'yinchi tasvirlangan. Formaning rangi 1911 yil o'zgartirilgan. O'shanda logotipdagi o'yinchi kiyimining rangi ham o'zgargan edi. Keyin 1928 yil logotipda tub burilish yasaldi: qadimgi Yunon qahramoni Ayaks boshi tasviri emblemaga tushurildi. 1990 yil logotip zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi: Ayaks boshining yoniga 11ta chiziq tortildi. Bu klub o'yinchilarini bildiradi.

“Ayaks” — ketma-ket 3 marta CHempionlar Ligasi (CHempionlar Kubogi)da g'alaba qozongan jamoa

Bunga ancha bo'lgan. “Ayaks” ushbu sovrinni 1970/1971, 1971/1972 va 1972/1973 yilgi mavsumlarda qo'lga kiritgan. Amsterdamliklargacha bunday natijaga Madridning “Real” klubi erishgan. Undan keyin esa faqatgina Myunxenning “Bavariya” klubi bu ko'rsatkichni qayd eta olgan. “Real Madrid" Zinedin Zidan qo'l ostida bu ko'rsatkichni yana bir takrorlashga muvaffaq bo'ldi. Jamoani Rinus Mixels boshqarardi. Ammo 1971/1972 yilgi mavsumda uning o'rnini SHtefan Kovach egalladi. Lekin hamma ishlari o'z o'rnida bo'lgan klubda yangi murabbiy aytarli hech narsa qila olmadi. CHempionlar Kubogida ketma-ket uchinchi g'alabadan keyin jamoaning asosiy yulduzi — Yoxan Kroyf ketdi (“Barsa”ga o'tdi). SHundan so'ng, klub quyi pog'onalarga tushib keta boshladi.

“Ayaks”ning mashhur qizil-oq rangi yuzaga kelishida Rotterdam “Sparta”sining ham xissasi bo'lgan

Buni ispan futbolining muxlislari tushunishlari biroz qiyin bo'ladi. Sababi “Barselona”, “Levante” va “Eybar” forma hamda homiylar nomini bir zumda o'zgartirishi mumkin. 1911 yil Gollandiyada vaziyat biroz boshqacharoq bo'lgan. “Ayaks” tashkil topgan vaqtdan boshlab qora rangda o'ynagan. Ammo bir qancha vaqt o'tib, forma qizil-oq futbolka va qora shortikga o'zgartirilgan (Amsterdam bayrog'ining rangi). Agar jamoa 1911 yil yuqori divizionda o'ynash huquqini qo'lga kirita olganida, ular hozir shu formada to'p tepayotgan bo'larmidi?! O'sha payt “Sparta” hali bu rangli formada faoliyat yuritmagandi. Gollandiyaning yuqori divizionidagi qonun-qoidalarga ko'ra, agar ikki jamoaning formasi bir xil rangda bo'lib qolsa, u holda ikkinchi klub formasini almashtirishi lozim edi.

“Ayaks” CHempionlar Kubogini umrbod saqlash huquqiga ega bo'lgan 6 jamoadan biri sanaladi

“Ayaks” bu imkoniyatni qo'lga kiritgan “Real”dan keyingi ikkinchi klubdir. Bu CHempionlar Ligasi Kubogi turnirdagi asosiy yutuqlar uchun beriladi. Unga umrbod egalik qilish huquqi ketma-ket 3 bora (“Ayaks”, “Real”, “Bavariya”), 5 marta (“Real Madrid”), jami 5 marotaba (“Barselona”, “Liverpul”, “Milan”, “Bavariya”) turnirda g'alaba qozonganlarga berilgan.

Taxallusidan biri — “Yahudiylar

Amsterdam shimolidagi birinchi stadion Byoyksloterxam rayonida joylashgandi. XX asr boshlarida bu erga juda ko'p yahudiylar ko'chib kelgan va aynan shundan so'ng bu nom kelib chiqqan. Bazi yillarda amsterdamliklar tarkibida kelib chiqishi yahudiy bo'lgan o'yinchilar ham to'p tepgan. Masalan, Jonni Rug, SHak Svart, Benni Myuller hamda klub prezidenti Yap van Prag ham shular jumlasidandir. 20-yillarda “Ayaks” o'yinchilaridan biri, kelib chiqishi yahudiy bo'lgan Eddi Xemel, Osvencim koncentracion lagerida 1943 yil aprelda vafot etgan.

Klubning norasmiy madhiyasi — Bob Marlining “Uch mitti qush” (“Three little birds”) nomli qo'shig'i

Eng qizig'i, bu voqea kutilmaganda sodir bo'lgan. 2008 yil “Ayaks” mehmonda “Kardiff” bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Klubning uelslik muxlislari o'zlarining kamtarligi va xushmuomalaligi bilan ajralib turardi. SHu sababli, yahudiylar ularni xush ko'rmay, ajratishardi. O'yindan so'ng ziddiyatning oldini olish maqsadida gollandiyalik muxlislar stadiondan darhol chiqarilmadi. SHuning uchun , 300ta odamning ko'nglini olish kerak edi. Bu ishni “Kardiff” stadioni diktori, didjey Ali Yassin o'z zimmasiga oldi. Bob Marlining bir nechta plastinasini qo'yib, muxlislarni etiborini tortmoqchi bo'ldi. Uning so'zlarga ko'ra, musiqa muxlislarga yaxshi tasir ko'rsatdi. Hammasi o'z yakuniga etib, Ali diktorlik xonasidan chiqqanida uni qarsaklar bilan kutib olishdi. Quvonarlisi, o'sha kuni hech kim jabr ko'rmagan. Bob Marlining qo'shiqlari esa gollandiyalik muxlislar qalbida abadiy muxrlanib qolgan.

“Ayaks” — futbol “Katta SHlemi”ning 5ta egalaridan biri

“Katta SHlem” turniri — bu tennis tarixi bo'lib, uning karera va mavsumiy shlem turi mavjud bo'lgan. 4ta asosiy turnir bor (“Katta SHlem” turnirlari), ular dunyoning turli burchaklarida bo'lib o'tadi. Futboldagi “Katta SHlem” turnirlari esa — UEFA CHempionlar Ligasi (Evropa CHempionlar Kubogi), UEFA Evropa Ligasi (UEFA Kubogi) va Kubok egalari Kubogidir. Butun tarixi davomida 3ta turnirda ham g'olib bo'lish (bir mavsum ichida emas, albatta!) faqatgina “Ayaks”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Bavariya” hamda “CHelsi”ga nasib qilgan.

“Ayaks” — CHempionlar Ligasida ikki marotaba mag'lubiyatsiz g'alaba qozongan 4 jamoadan biri

CHempionlar Ligasidagi raqobat oddiy narsa emas, bu juda jiddiy ish. Aytaylik, agar siz finalgacha chiqsangiz, siz 13 ta o'yin o'tkazishingiz kerak bo'ladi. Bir qaraganda, buning qiyin joyi yo'q va bunday turnir uchrashuvlar soniga ko'ra qisqadek tuyuladi. Ammo raqiblarning darajasi, bahslardan mag'lubiyatsiz o'tish — bu jiddiy vazifa. 1971/1972 va 1994/1995 yilgi mavsumda ayaksidlar nafaqat turnir g'olibi, balki buni mag'lubiyatsiz amalga oshirgan jamoa bo'la oldilar. SHuningdek, “Milan” “1988/1989 va 1993/1994), “Liverpul” (1980/1981 va 1983/1984) hamda “Manchester Yunayted” (1998/1999 va 2007/2008) ham bu ishning uddasidan chiqa olganlar jumlasidandir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика