"Ayaks" futbolchisi "Manchester Yunayted"ga o'tishdan bosh tortdi
18 iyu 2022 21:53
Yangiliklar
"Ayaks" futbolchisi "Manchester Yunayted"ga o'tishdan bosh tortdi
"Ayaks" himoyachisi Yurrien Timber "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi, deb xabar berdi "Manchester Evening News".
Manba bergan xabarga ko'ra, mankunianlar yangi bosh murabbiyi, avvalroq "Ayaks"ni boshqargan Erik ten Xag uning xizmatlariga qiziqish bildirganiga qaramay, futbolchi Angliya klubiga o'tishni istamagan.
20 yoshli Timber o'tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar