Axbor Imomxo'jaev xotira turniri startiga 4 kun vaqt qoldi
29 iyu 2023 15:18
Yangiliklar
Axbor Imomxo'jaev xotira turniri startiga 4 kun vaqt qoldi
Musobaqa 2 iyul — Butunjahon sport jurnalistlari xalqaro kuni munosabati bilan o'tkaziladi. 3 iyul kuni start oladigan turnirda 8 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. Faxriylar yo'nalishida “Paxtakor” faxriylari, “Tong” faxriylar jamoasi, faxriy jurnalistlardan tashkil topgan “Jurnalist” jamoasi hamda O'FA faxriylar jamoasi o'zaro bir martadan to'qnash keladi. Yoshlar yo'nalishida esa futbol sharhlovchilaridan iborat “SHarhlovchi” jamoasi, Championat.asia, Sports.uz jamoalari, shuningdek, Axbor Imomxo'jaevning farzandlari hamda nabiralaridan tashkil topgan “Sulola” jamoasi maydonga tushadi.
6 iyul kuni har bir yo'nalish g'oliblari, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar o'zaro hal qiluvchi bellashuvlarda ishtirok etadi. Musobaqa “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning ish soatlari, shuningdek, ob-havo sharoitlari inobatga olinib, bellashuvlar kechki 19:30 dan boshlab bo'lib o'tadi. Musobaqaga oid yangiliklarni biz bilan kuzatib boring.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar