So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Avtomexanik, chilim pabida ishlagan yulduzlar... Yoshlar futbolida qoqilgan 6 ajoyib o'yinchi Yangiliklar

Avtomexanik, chilim pabida ishlagan yulduzlar... Yoshlar futbolida qoqilgan 6 ajoyib o'yinchi

Yulduz futbolchining faoliyati qay tariqa shakllanadi?

U akademiyada kamol topadi, asosiy jamoaga o'tadi va porlashni boshlaydi. Messi, Ronaldu, Ansu Fati yoshligidanoq o'zini shunday ko'rsatdi.

Biroq har bir jihatda istisno variantlari ham bo'ladi. Bugungi kun qahramonlari biroz boshqacharoq yo'ldan ketishdi - ammo baribir o'z maqsadiga etib, muxlislar muhabbatiga erisha olishdi.

6. Jeymi Vardi

Vardining tarixini barcha nashrlar yozishdan va qayta takrorlashdan charchashmaydi. Vaholanki Vardi "Lester" chempion bo'lgan mavsumidan beri o'zining yuqori tempini tashlab yubormadi va hozirda APL to'purarlari poygasida 19 gol bilan etakchilik qilmoqda.

Uni 15 yoshida "SHeffild Uensdey" akademiyasidan haydab yuborishgandi - sabab past bo'y. Angliyaning 8-divizionidagina Vardi asosiy futbolchi bo'lishga erishdi, haftasiga 30 funt maosh oldi, chilim pablarida ishlab yurdi va bir yil hibsda ham ushlab turildi. "Lester" esa qo'rqmasdan uni jamoaga taklif qildi va yiliga 1 mln funt maosh to'lashini bildirdi. O'sha paytda Vardi 5-divizionda "Flitvud Taun" tarkibida o'ynayotgandi. Umuman olganda bu ajoyib tarix...

5. Dado Prsho

"Monako" 8:3 hisobida "Deportivo"ni mag'lub etganida 5 gol urgani bilan xorvatiyalik ushbu futbolchini barcha yaxshi taniydi. Ammo u o'z vaqtida sog'lig'idagi muammolari (Prshoning tizzasida jarohati bo'lgan va shu sababdan u 2-3 kun hech nima qila olmagandi) tufayli "Xayduk" akademiyasini yakunlay olmay qolishi ham mumkin edi. Dado Xorvatiyaning 2-divizioni asosiy tarkibiga ham torta olmadi, yakunda u "San Rafael" havaskorlar jamoasiga o'tib ketdi, shu bilan birga u avtomexanik bo'lib ham ishlab yurdi.

"Monako"ni boshqarib yurgan Jan Tigana Prshoga nazar tashlay boshladi. 2 mavsum "Ayachcho" tarkibida ijarada o'ynagan Prsho endi Franciya chempionligi uchun kurasha oladigan futbolchiga aylandi. SHundan keyin u 4 mavsum "Monako"da, 3 mavsum "Reynjers" tarkibida ham o'ynadi.

4. Roy Kin

Agarda Roy Kin bokschi bo'lganida futbolda erishgan muvaffaqiyatlaridan ko'ra ko'proq yutuqlarni qo'lga kiritardi. Royni o'z vaqtida Irlandiyada maktabidagi tarkibiga ham kiritishmagan, umuman olganda u qaerga borsa ham rad javobini olavergan, murabbiylar har xil vajlarni sabab qilishgan. Irlandiyadagi yarim professional klub - Kinning faoliyati boshlanish joyiga aylangan. Uni "Nottingem" sinab ko'rdi. Qolganini o'zingiz bilasiz. Yakunda bu o'z mevasini berdi. 1993 yilda u Buyuk Britaniyaning eng qimmat futbolchisiga aylandi: Fergyuson himoyachining transferiga 3,75 mln funt ajratishga muvaffaq bo'ldi.

3. Riyod Maxrez

Maxrezda ham Vardi va Kin kabi shikoyatlar bo'lgan: bo'yi juda past hamda kuchsiz. Unchalik tanish bo'lmagan "AAS Sarsel" akademiyasini yakunlaganidan keyin Riyod "Kemper" jamoasiga o'tib, havaskor futbolni portlatdi. Garchi Liga 2'da o'ynasa ham, u "Gavr"ning ikkinchi tarkibida faoliyat olib bordi. Faqatgina uchinchi mavsum deganda u asosiy tarkibda ko'rinish bera boshladi va "Lester"dan chaqiruv oldi.

2. Ian Rayt

"Arsenal" afsonasi yarim professional futbolni kutilganidan kech yakunladi. Yoshlar futbolida u "Sautend Yunayted" va "Brayton" jamoalariga ko'rikka bordi, biroq uni olishmadi. "Kristal Pelas" esa uning bir o'yinini ko'riboq o'z tarkibiga jalb qildi. Buyog'iga ajoyib davr boshlandi: London jamoalaridagi dahshatli faoliyat - 288 o'yin va 180 gol!

1. Miroslav Kloze

Bu haqida uzoq yozish mumkin, biroq Kloze rostdan ham noyob futbolchi - duradgorlikdan jahon chempionati to'purarligiga qadar. Miro faoliyatini Germaniyaning 7-divizionida boshlagandi, keyinchalik beshinchisiga o'tdi. "Kayzerslautern"ga u 21 yoshida o'tgan bo'lsa ham 2 mavsum davomida zaxirada o'tirdi. Keyin esa uning davri boshlandi - JCH-2002dagi ajoyib o'yinlar, 5 gol va termadagi munosib status...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика