So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

"Avtobus haydovchisi"... Nima uchun Mourino boshqacha murabbiy? Yangiliklar

"Avtobus haydovchisi"... Nima uchun Mourino boshqacha murabbiy?

MYUning "Yuventus" ustidan g'alaba qozonganiga 2 kun o'tgan bo'lsa-da, ko'chada Mourino haqida hali ham gapirishmoqda.

Mourino shunday insonki, uning jamoalari murabbiyning kayfiyatiga qarab o'ynaydi. Portugaliyalik mutaxassis MYU boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin jamoa ko'plab o'yinlarda kambeklar amalga oshirdi. To'g'ri, so'nggi paytlarda Mourinoning istefosi borasidagi gap-so'zlar anchagina kamaydi. Ammo rahbariyat uning oldiga konkret ravishda biror o'yindagi mag'lubiyat orqali istefo bo'lishi aytilsa, jamoa g'alaba qozonaveradi.

Oldinroq "Special One" "Bernli"ga qarshi o'yinda jamoa mag'lub bo'lsa, ishidan ketishi aytilgandi. Ammo jamoa g'alabaga erishdi. Keyinchalik Angliya matbuoti tomonidan MYU "Uotford", "Yang Boyz" va "Vulverxempton" bilan o'yinlarda bir marta yutqazadigan bo'lsa ham Mourinoga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqagandi. Unda mankunianliklar 9 imkoniyatdan 7 ochko ishlab oldi. Demak, Mourinoga har bir o'yindan oldin istefo bilan qo'rqitish kerak ekan. SHundagina u jamoani g'alabaga boshlaydi. Ammo shunday jihatlar borki, bular Mourinodan boshqa murabbiylarda mavjud emas.

HIMOYAVIY O'YIN ORQALI NATIJAGA ERISHISH

Mourino qaerda ishlagan bo'lsa ham, odamlar uning jamoasi mag'lubiyatida klubni emas, faqatgina murabbiyni ayblaydi. U "Real"da ham, "CHelsi"da ham, MYUda ham shunday qilgan. U qaysidir etakchi futbolchi bilan urushib qolgandek bo'ladi yoki o'z o'yin uslubi bilan barchani ranjitadi. Ammo yakunda yaxshi natija. "Yuventus"ga qarshi o'yinda MYU yomon o'ynagani yo'q, futbolchilar tartibli ravishda Mourinoning aytganlarini bajardi. O'z navbatida "Yuve" "Old Trafford"dagi o'yin orqali MYUga beradigan bahosi pasaygandi. Portugaliyalik esa buni sezdi. Va shu orqali natijaga erishdi.

O'tgan mavsumda ham MYU barqaror emasdi. Ammo jamoa natija ko'rsatishda, g'alaba qozonishda unchalik yomon emasdi. MYU etakchilar bilan o'yinda avtobus orqali natija ko'rsatdi. Biroq barchasida ham emas. "Liverpul" maydoniga MYU katta "avtobus" bilan bordi. Biroq boshqa o'yinlarda "qizil iblislar" butunlay himoyaga yotib olmadi, qarshi hujum taktikasida o'ynadi.

INTERVYULAR va HARAKATLAR

"Mourino har doim yangi gaplarni o'ylab topadi, qolganlar esa mendan o'g'rilaydi", deb aytgandi bir vaqtlar Mourino.

Bu borada uning gaplariga qo'shilsak bo'ladi. Mourino qolipda o'ralgan, siyqasi chiqqan, har kuni qaytariladigan gaplarni gapirishni yoqtirmaydi. U intervyulardan qochmaydi va barchasini ochiq-oydin gapiradigan kamyob murabbiylardan. U "Barselona"da ishlab yurganida shunday degan ekan: "Real" bosh murabbiyi bo'lsam, "Barselona" shunday yirik hisobda yutqazib beramanki, meni tanqid ham qilishmaydi, istefoga ham chiqarishmaydi".

Mourino ushbu gapining "uddasidan chiqqan". Ha, o'sha 0:5 hisobidagi mag'lubiyat uning davrida bo'lgandi. Keling, 2004 yilga qaytamiz. U "CHelsi"ga bosh murabbiy bo'lgan kuni OAV va jamoa muxlislari oldida so'z bergandi: "Manchester Yunayted"ni er bilan yakson qilaman". U buni uddaladimi? Albatta! U ilk mavsumidayoq APL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

"Inter"da ishlab yurganida esa ECHL finalida "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin: "Bavariya"ga hozirdan achinyapman. Ular ertangi mag'lubiyatga tayyorlanaverishsin".

Payshanba tunida bo'lgan "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyin esa Mourinoning qilgan xatti-harakatini esa shunchaki tariflashga til ojiz. U "Yuve" muxlislarini bir harakat orqali og'zini yopdi. U har doim o'zining intervyulari va qiladigan ishlari bilan barchani hayratda soldiraveradi.

MUAMMOLARNI RAHBARIYATGA O'YINDA KO'RSATIB BERADI

Ko'pchilik murabbiylar tarkibdan noroziligini rahbariyatga aytadi. Ular esa yangi futbolchi sotib olishda yordam beradi.

Mourino "CHelsi"da ishlab yurganida rahbariyat unga hujumchi ortida o'ynaydigan futbolchini olib berishmagandi. Joze bu joy uchun Oskarning xizmatidan foydalanmadi va bundan noroziligini Villian orqali ko'rsatdi. Braziliyalik futbolchi bu joyda o'yini unchalik qovushmaganidan keyin, "CHelsi" hujumchi ortida o'ynaydigan futbolchisiz o'ynay boshladi. Biroq Mourinoning "CHelsi"dagi davri ko'pga cho'zilmadi. U istefoga chiqdi.

MYUda ham u tarkibdan ko'p bora norozi bo'ldi. O'tgan mavsum qishda jamoaning ikki nafar jarohatlanmagan markaziy himoyachisi qolgandi. Rahbariyat unga himoyachi sotib olib bermagani uchun o'z principlarini o'zgaritirib yubordi. Gohida Kerrik bu joyda o'ynagan bo'lsa, Pogba va Errera ham markaziy himoyani ushlab turdi. Ammo ular eplashdi. Bunda Pogba asosiy yukni o'ziga qabul qildi va himoyadan tashqari, hujumga ham bordi.

Mourino yozgi transferlar oynasi vaqtida rahbariyatdan himoyachi olib berishini juda ko'p bora talab qildi. Biroq Ed Vudvord buning uddasidan chiqmagani uchun MYU mavsumni katta muammolar bilan boshladi. O'zgacha murabbiy himoyada Errerani o'ynatgani esa ko'pchilikning etiborini tortdi. U ushbu yurishi orqali tarkibning ko'rinishidan umuman norozi ekanligini yana bir bor takidlagandek bo'ldi.

Maqolaning yakuniy qismida shuni aytishimiz mumkin-ki, Mourino davrimizning eng zo'r murabbiylaridan biri. U o'zi ishlagan barcha jamoalarda qanday katta sovrinlar qo'lga kiritganini eslatib o'tirish shart emas. Umid qilamizki, u "Manchester Yunayted"ni Ser Aleks davridagi ko'rinishga qaytara oladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика