Avstriyalik Gregorich Evro tarixidagi 700-golni urdi
14 iyu 2021 12:26
Yangiliklar
Avstriyalik Gregorich Evro tarixidagi 700-golni urdi
Avstriya terma jamoasi hujumchisi Mixael Gregorich Evro-2020 doirasidagi SHimoliy Makedoniya (3:1)ga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi.
"Augsburg"da o'ynaydigan 27 yoshli forvardining goli Evropa chempionati final turnirlaridagi 700-si bo'ldi.
Ilk gol 1960-yildagi Evroda Milan Galich (Yugoslaviya) tomonidan urilgan, 100-gol - Alen Jiress (Franciya), 200-gol - Kim Vilfort (Daniya), 300-gol - Zlatko Zaxovich (Sloveniya), 400-gol - Terri Anri (Franciya), 500-gol - Xavi (Ispaniya) va 600-gol - Nani (Portugaliya)ga tegishli.
Fikrlar