So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  0 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  3 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Avstraliyani oldin ham yutganmiz Yangiliklar

Avstraliyani oldin ham yutganmiz

Ertaga U-23 Osiyo chempionatining 3-o'rin uchun bahsi o'tkaziladi.

Bunda O'zbekiston va Avstraliya olimpiya terma jamoalari kurash olib boradi va g'olib Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, o'yinning ahamiyati nihoyatda yuqori. Bundagi bosim yarim finaldagidan ko'ra kuchliroq. CHunki mag'lub bo'lgan jamoaga xatosini to'g'rilash uchun boshqa imkon berilmaydi. 

Yarim finalda Saudiya Arabistoniga yutqazdik. Bitta rikoshet masalani hal qildi. Vaziyatlardan foydalanganimizda finalga biz chiqardik. Endi bu - futbol, bir gal beshta urib keyingi o'yinda umuman to'p kirita olmaslik mumkin. Lekin eng muhimi, tezroq mag'lubiyatni unutgan holda keyingi bahsga hozirlik ko'rish. 

Bunday musobaqalar chempionat o'yinidan tubdan farq qiladi. CHempionatda mag'lubiyatdan keyin tegishli xulosa chiqarish uchun bir hafta vaqt bo'ladi, bunday turnirlarda esa ikki kun ichida o'zingga kelishing shart. Odatda irodasi kuchli jamoalar mana shu jihati bilan ajralib turadi. 

Ertangi raqib Avstraliyani noqulay demagan bo'lardim. CHunki Avstraliya biz uchun faqat milliy terma jamoa darajasida kuchli va o'ta noqulay bo'lib kelgan. Adashmasam, ularga hali gol urmaganmiz. Lekin olimpiya va yoshlar darajasida Avstraliyani bungacha mag'lub etganmiz. SHunday ekan, ertangi o'yin oldidan vahimaga tushish kerak emas. 

SHu o'rinda ikkita o'yinni yodga olsak: 

1. 2016 yilgi U-19 Osiyo chempionati

Bahraynda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Avstraliya bilan bir guruhda kurash olib borib, bu jamoani 3:2 hisobida mag'lub etganmiz. Yakunda Avstraliya guruhda qolib ketgan, biz esa keyingi bosqichga yo'l olganmiz. 

Qizig'i shundaki, o'sha o'yinda ishtirok etgan 8 nafar futbolchimiz bugungi kunda O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida bo'lib turibdi. Bular - Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Aziz G'aniev, Jasur Yaxshiboev, Bobir Abdixoliqov, SHarof Muhitdinov, Oybek Rustamov va Doston Ibragimov. 

2016 yil Avstraliya mag'lub etilgan o'yinda bizdan Doston Ibragimov 2 bor to'p kiritgan, yana bitta golni Bobir Abdixoliqov urgan. Bundan ko'rinib turibdiki, futbolchilar uchun Avstraliya ko'p ham begona emas va harakat qilib "kengurular"ni yana mag'lub etsa bo'ladi. 


2. 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari saralash bosqichi

2012 yil ham Olimpiadaga chiqishga harakat qilib ko'rgandik, biroq "Jar" stadionida BAAni 2:0 hisobida enga turib yakunda 2:3 hisobida yutqazib qo'yganimizni yaxshi eslaysiz. O'sha o'yindan oldin esa shu stadionda Avstraliya bilan kuch sinashib 2:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. 

O'yinda Kenja To'raev hisobni ochgan, keyinchalik ikkinchi bo'lim oxirlarida Oleg Zoteev juda chiroyli gol bilan hammani lol qoldirgandi. Esimda, o'sha bellashuvda Avstraliya bizning termamizga deyarli qarshilik qila olmagan. 

Xullas ertangi uchrashuv oldidan ko'ngilni keng qilaylik. Avstraliya jismoniy jihatdan kuchli ko'ringani bilan juda bir vahimali raqib emas. Biz uchun eng noqulay raqib Janubiy Koreya edi. SHu bois Koreya finalga chiqqanidan xursand bo'lishimiz kerak. Avstraliyani esa amallasa bo'ladi. 

Fotosurat muallifi: Hasan Pirmuhamedov

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика