So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Avstraliyaga yo'l oladigan O'zbekiston MTJ tarkibida o'zgarishlar bor Yangiliklar

Avstraliyaga yo'l oladigan O'zbekiston MTJ tarkibida o'zgarishlar bor

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.

Bugun futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkent vaqti bilan soat 21:20da Toshkent - Seul - Brisben yo'nalishi bo'ylab Avstraliyaga yo'l olishadi.

Ektor Kuper shu haftaning boshlarida milliy terma jamoaning Avstraliyaga yo'l oladigan tarkibini elon qilgandi. Ammo bugungi kunga kelib uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yig'inda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnasha olmasligi malum bo'ldi. Bular - terma jamoamiz sardori, yaqinda "SHanxay SIPG" tarkibida Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov hamda "Paxtakor" futbolchilari Farrux Sayfiev va Jasur Yaxshiboev.

SHuningdek, "Paxtakor"ning yana bir azosi diskvalifikaciya tufayli o'rtoqlik o'yinlarida qatnasha olmasligini futbol muxlislari yaxshi bilishadi. SHunga qaramay, Ektor Kuper Masharipovni Avstraliyaga olib ketishga qaror qildi. CHunki Masharipov rasmiy o'yinlarda maydonga tusha oladi. Bosh murabbiyning istedodli yarim himoyachidan umidi katta bo'lib, Jaloliddin Masharipov 2019 yil yanvarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida jamoamizga yordam berishi uchun murabbiy shunday qarorga kelmoqda.

Demak, bugun Avstraliyaga quyidagi futbolchilar yo'l olishadi:  

 

Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

Eldorbek Suyunov  (“Paxtakor”)

O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

 

Himoyachilar:

Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)

Davron Hoshimov ("Navbahor")

Vladimir Kozak(“Paxtakor”)

Egor Krimec (“Paxtakor”)

Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")

Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)

Doston Tursunov ("Neftchi")

Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Oleg Zoteev ("Lokomotiv")

 

Yarim himoyachilar:

Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")

Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)

Aziz Turg'unboev ("Navbahor")

Husniddin G'ofurov (“Lokomotiv”)

Eldor SHomurodov(“Rostov”, Rossiya)

Otabek SHukurov  (“SHarja”, BAA)

Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912") 

Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

 

Hujumchi:

Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика