So’nggi yangiliklar

23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  6 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  7 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  50 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  69 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5 20:23ПРО-Лига. "Бухоро" "Хоразм"га қарши ўйинда ирода кўрсатиб, ғалаба қозонди, хоразмликлар 38-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  14 20:20Фабрицио Романо Гюндоганнинг "Барселона"даги келажагини маълум қилди  7 19:58 "Футбол олами". "Андижон" ва ОКМКда мағлубият, "Навбаҳор"да дуранг — Суперлиганинг 16-тури ҳақида барчаси  0 19:40Бухоро - Хоразм учрашуви кеч бошланди — айбдор меҳмонларми?   2 18:59Суперлига. "Олимпик" - "Насаф": Асосий таркиблар маълум  8 18:22Саудия Арабистонидан навбатдаги юриш! "Ал Аҳли" "Челси" харид қилмоқчи бўлган форвард учун таклиф суммасини оширди  1 17:34⚡️ Ана холос! ПСЖ Килиан Мбаппе туфайли еврокубоклардан четлатилиши мумкин  10 16:50Тедди Шерингем: "Челси" 6 та ўйиндан кейин Марескани ишдан бўшатади"  7

Avstraliyaga borgan tarkibdan kimlar BAAga bora olmasligi mumkin? (tahlil) Yangiliklar

Avstraliyaga borgan tarkibdan kimlar BAAga bora olmasligi mumkin? (tahlil)

Osiyo Kubogi boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda.

Ayni paytda terma jamoamiz Ektor Kuper qo'l ostida qita chempionatiga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Biz esa bu fursatda o'tgan safargi Osiyo Kubogiga borgan tarkibni eslab, hozirda o'sha futbolchilardan kimlar yana BAAda o'tadigan qita chempionatiga borish imkoniyatlarini saqlab qolishganiga nazar tashladik.

Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogida terma jamoamizni Mirjalol Qosimov boshqarib borgandi. O'shanda Qosimov terma jamoaga jalb etgan tarkibdagi futbolchilardan teng yarmi hozirda ham bosh jamoamizga nomzod futbolchilar qatoriga kiradi. To'rt yil avvalgi tarkibdan faqatgina Timur Kapadze futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Server Jeparov esa shunga yaqinlashib qolgan. SHuningdek, yana bir qator futbolchilar allaqachon terma jamoa darajasidan tushib ketishgani ham rost. Qolgan futbolchilar hozir ham kamida o'sha yuqori saviyada futbol o'ynashmoqda va munosib ravishda terma jamoaga nomzod azolar qatorida turishibdi.

Etiborlisi, hozirgi terma jamoamizning o'zagini teng yarmi o'shanda qita chempionatiga qatnashgan futbolchilardan tashkil topgan. Deyarli o'zgarmagan nuqta esa orqa chiziq vakillari. Yani, darvozabonlar va mudofaa chizig'idagi himoyachilar. Birgina Akbar To'raev va SHavkat Mullajonov ayni paytda terma jamoadan uzoqda. Qolgan barcha futbolchilar hozir ham terma jamoamizning to'g'ridan-to'g'ri azosi yoki kamida nomzodlar qatorida. Yarim himoya va hujum chizig'ida esa avlodlar almashuvi amalga oshayotgani shundoq ko'zga tashlanib turibdi.


OSIYO KUBOGI-2015ga borgan O'zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi:

O'sha tarkibdan qaysi futbolchilar BAAda o'tadigan Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlarini foiz ko'rsatkichida chamalaymiz.

Darvozabonlar:
1. Eldorbek Suyunov ("Nasaf") - 100%
12. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv") - 100%
21. Akbar To'raev ("Bunyodkor") - 5%

Himoyachilar:
2. Egor Krimec  ("Paxtakor") - 100%
3. SHavkat Mullajonov ("Lokomotiv") - 0%
5. Anzur Ismoilov  ("CHanchun Yatai", Xitoy) - 100%
14. SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf") - 25%
19. Vitaliy Denisov ("Lokomotiv", Rossiya) - 20%
20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv") - 75%
22. Farrux Sayfiev ("Nasaf") - 85%
23. Akmal SHorahmedov ("Bunyodkor") - 85%

Yarim himoyachilar:
4. Sardor Rashidov ("Bunyodkor") - 40%
7. Aziz Haydarov ("Al SHabab", BAA) - 35%
8. Server Jeparov  ("Seongnam", J.Koreya) - 5%
9. Odil Ahmedov ("Krasnodar", Rossiya) - 100%
10. Jamshid Iskanderov ("Paxtakor") - 0%
13. Lutfullo To'raev ("Lokomotiv") - 0%
15. Jasur Hasanov ("Lokomotiv") - 5%
17. Sanjar Tursunov ("Vorskla", Ukraina) - 15%
18. Timur Kapadze ("Aktobe", Qozog'iston) - faoliyatini yakunlagan

Hujumchilar:
6. Bahodir Nasimov ("Padideh", Eron) - 5%
11. Igor Sergeev ("Paxtakor") - 10%
16. Vohid SHodiev ("Bunyodkor") - 0%


Ektor Kuper darvozabonlar masalasida Suyunov va Nesterov nomzodlarida ortiqcha o'ylanmasligi aniq. Faqat uchinchi darvozabon kim bo'lishi hozircha so'roq ostida. Uchinchi darvozabon rolida Quvvatov yoki Yusupov bo'lish ehtimoli yuqori. O'tgan gal Avstraliyadagi qita chempionatida borgan Akbar To'raevda BAAga borish imkoniyatlari keskin pasaygan. Endigina "Navbahor"da birinchi raqamli kiperga aylangan To'raev hali Kuper qo'l ostida birorta yig'inga jalb etilgani yo'q.

Himoyachilar masalasiga keladigan bo'lsak, o'tgan qita chempionatida ishtirok etgan Anzur Ismoilov va Egor Krimec hozir ham asosiy himoyachilarimiz hisoblanishmoqda. Kuper asosan ushbu ikki himoyachi tandemiga ishonmoqda. SHu boisdan ham agarda mazkur futbolchilarni jarohat bezovta qilmasa, unda Krimec va Ismoilovning Osiyo Kubogiga boradigan yakuniy tarkibdan joy olishi deyarli kafolatlangan. Faqatgina fors-major holatlari tufayli kimdir tarkibdan chetda qolish ehtimoli mavjud.

SHuningdek, Akmal SHorahmedov va Farruh Sayfievda ham BAAda o'tadigan musobaqaga borish imkoniyatlari ancha yuqori. Sababi, Kuper ushbu qanot himoyachilariga etibor qaratmoqda va yig'inlarga jalb etib turibdi. Islom To'xtaxo'jaev nomzodi borasida Kuper biroz o'ylanmoqda. Sababi, Islom To'xtaxo'jaev ikkinchi bor yig'inga jarohatlangan Azamov o'rniga chaqirildi. SHuningdek, Kuper mazkur himoyachini o'rtoqlik o'yinlarida ham nisbatan kamroq o'ynatmoqda. Kuper Islom To'xtaxo'jaevni zaxira futbolchisi sifatida ko'rmoqda. Murabbiy Azamovni jarohati bois yig'inlarda sinab ko'rmaganini inobatga olsak, Islom To'xtaxo'jaevda Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlari yuqoriligicha qolmoqda. Ammo unga yakuniy tarkibdan hozirdan joy kafolatlashga erta.

Avstraliyadagi chempionatga borgan SHuhrat Muhammadiev borasida ham hozirdan bir narsa deyish mushkul. Kuper mazkur futbolchini yig'inga jalb etgandi. Biroq Muhammadievning jarohati Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning yig'inlariga to'g'ri kelib qoldi. Natijada argentinalik mutaxassis "Loko"ning o'ng qanot himoyachisining imkoniyatlarini amalda sinab ko'rgani yo'q. Yakunda dastlabki uchta yig'inga bormagan futbolchiga ishonch bildiradimi yoki yo'q, hozirdan biror narsa deyish mushkul. Biroq o'ng qanot himoyasidagi muammolarimizni inobatga olsak, balki Kuper qishda Muhammadievni tarkibga jalb etish ehtimoli yo'q emas.

Vitaliy Denisov borasida ham aniq ishonch bilan bir narsa deyish qiyin. Denisov Kuperning dastlabki yig'inida qatnashgan. Biroq Eronga qarshi o'yinda maydonga tushgan Denisovning xatosi evaziga o'tkazib yuborilgan gol murabbiyga ko'p ham maqul kelmagan. Keyingi ikkala yig'inda Denisov terma jamoaga jalb etilmagan. Kuperga nafaqat himoyachining o'yini, balki terma jamoada o'rnatilgan tartibga qanchalik rioya etishi muhim ahamiyatga ega. SHu boisdan ham Denisovning qita chempionatida qatnashish imkoniyatlari nisbatan pas baholanmoqda.

O'tgan qita chempionatiga borgan tarkibdagi himoyachilardan bir futbolchini aniq BAAda o'tadigan Osiyo Kubogiga bormasligiga ishonish mumkin. Bu SHavkat Mullajonov. Ayni paytda "Buxoro" sharafini himoya qilayotgan himoyachining o'yini va jismoniy holati ham avvalgidek emas. Qolganlarda esa kichik bo'lsada imkoniyat saqlanib qolmoqda.

Yarim himoya chizig'idagilarga etibor qaratsak, unda dastlab Timur Kapadze faoliyatini yakunlaganini alohida qayd etish lozim. SHuningdek, Lutfullo To'raev va Jamshid Iskanderovda ham BAAda bo'ladigan Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlari deyarli yo'q. Ayni paytda mazkur futbolchilar terma jamoa darajasiga mos tushadigan o'yin namoyish etishmayapti. Server Jeparovni ham bu ro'yxatga kiritish mumkin. Ektor Kuper oxirgi yig'inda shu paytga qadar terma jamoaga chaqirmagan futbolchiga murojaat qilishi qiyin masala. Avstraliyadagi qita chempionatida ishtirok etgan yana bir yarim himoyachi Jasur Hasanovda Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlari juda kam.


Aziz Haydarov va Sardor Rashidov Kuperning ilk yig'iniga taklif etilgan futbolchilar. Aziz Haydarov ikkinchi yig'inda ham chaqiruv olgandi. Ammo birinchisi kabi ikkinchi yig'inni ham jarohati bois erta yakunlashga majbur bo'lgan. Rashidov esa jarohati bois ikkita yig'indan chetda qoldi. SHuningdek, Kuperga Rashidovning jamoaviy o'yinda to'liq qatnashmayotgani, aniqrog'i himoyaga qaytib o'ynamayotgani Kuperga maqul kelmagan. Bu esa Rashidovning Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Kamiga jarohati bois ikkita yig'indan chetga qolgani ham bu imkoniyatlarni yanada pasaytiradi. Ektor Kuperning uslubi Rashidovning ustunliklari va imkoniyatlari bilan nomutanosib bo'lmoqda. Biroq Rashidovning hujumdagi kreativ harakatlari, individual mahoratini inobatga olsak, Kuper yakunda ushbu nomzod borasida yaxshigina bosh qotirishiga to'g'ri keladi. SHu boisdan ham Rashidovning Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlari yo'q emas. Biroq foiz ko'rsatkichi bilan nisbatan kamroq qilib belgilandi.

Sanjar Tursunov birinchi yig'inda Kuper chaqiruviga munosib ko'rilgandi. Ammo keyingi yig'inlarda argentinalik mutaxassis Janubiy Koreyada o'ynayotgan legioner futbolchimizning xizmatlariga ehtiyoj sezmadi. Tursunovda ham ketma-ket uchinchi bor qita chempionatiga borish imkoniyati juda kam.

O'tgan safar Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogiga borgan yarim himoyachilarimiz orasidan faqatgina Odil Ahmedovning imkoniyatlari yuqori. Agarda jamoamiz sardori jarohat olmasa yoki fors-major holati yuzaga kelmasa, unda Ahmedov ketma-ket uchinchi marotaba qita chempionatiga ishtirok etish baxtiga muyassar bo'ladi.


Avstraliyaga Mirjalol Qosimov uchta hujumchi bilan yo'l olgandi. O'shanda to'purarlik mahoratini yuzaga chiqargan Igor Sergeev terma jamoamizning asosiy hujumchisi sifatida yashil qitaga yo'l olgan. Vohid SHodiev va Bahodir Nasimov esa zaxira futbolchilari bo'lishgandi. Hozirgi vaqtga kelib mazkur hujumchilarning hech birida BAAda borish uchun imkoniyat deyarli yo'q. Igor Sergeevni Kuper sinovdan o'tkazib ko'rdi. Ammo murabbiyga Sergeevning hozirgi holati maqul kelmadi. Buni o'tkazilgan oxirgi yig'inlarda hujumchini jalb etmaganidan ham payqash mumkin. Kamida Igor hozirda "Paxtakor"da ham asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi. Nasimov esa Ozarboyjon chempionatida to'p tepmoqda. Ammo ayni paytda Nasimov terma jamoaga nomzod futbolchi sifatida gavdalanmayapti. Kuper Nasimovni yig'inda ham sinab ko'rishni istagani yo'q. Vohid SHodiev esa anchadan buyon jamoalarini almashtirib, malum muddat hech bir klubdan muqim o'rin egallay olmay yurdi. Ayni paytda esa "Mashal"dan qo'nim topgan hujumchi terma jamoa darajasidan ancha uzoqlashib ketgan va uning BAAga borish imkoniyatlarini chamalashga hojat yo'q.


SHAHBOZ BEG'AMOV 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика