So’nggi yangiliklar

00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  0 23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 0:0 (матнли трансляция)  26 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  7 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61

Avstraliya U-23 o'yinchisi: "Biz bu musobaqada chempion bo'la olamiz" Yangiliklar

Avstraliya U-23 o'yinchisi: "Biz bu musobaqada chempion bo'la olamiz"

Yurtimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Avstraliya U-23 termasi Quvayt U-23 jamoasini (2:0) mag'lub qildi.

O'yindan so'ng,  Avstraliya U-23 termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan va o'yinning eng yaxshi o'yinchisi Jey Rich Baguelou matbuot anjumanida qatnashishdi.

-Janob murabbiy, o'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi o'yindagi g'alaba juda muhim edi. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Sababi, Quvayt tarkibidagi o'yinchilar juda kuchli. Men juda baxtliman. Endi keyingi o'yin haqida bosh qotirishni boshlaymiz.

- O'yinchi Jey Rich Baguelouga savol. Musobaqani qanday boshlab oldingiz?

- Birinchi o'yinda g'alaba qozondik. Biz bunga ishongandik. Oxirida yaxshi natija qayd eta oldik. Bor etiborimiz endi keyingi o'yinga qaratiladi.

- Janob murabbiy, bu o'yinda ustunlikka erishdingiz. Bu o'yindan qanday savollaringizga javob oldingiz?

- Ha siz haqsiz, bu o'yinda biz katta ustunlik ko'rsatdik. Bog'lovchi vaziyatlarda qanday harakat qilish ustida ishlashimiz lozim. Bu o'yindan aynan shu narsani tushunib oldik.

- O'yinchiga savol. Jamoangiz ushbu musobaqada chempion bo'lishiga ishonasizmi?

- Albatta, men nimaga qodir ekanligimizni bugun ko'rdim. Ha, albatta chempion bo'la olamiz.

- Janob murabbiy ushbu g'alabada keyingi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun qo'shimcha ishonch beradimi?

- Birinchi o'yinda g'alaba qozonish har doim ishonchni oshiradi. Biz o'sishda davom etishimiz lozim. Keyingi ikki o'yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Albatta, ishonch juda muhim faktor. Ammo keyingi ikki o'yinda g'alaba qozonish uchun biz avvalgi o'yindan ko'ra yaxshiroq harakat qilishimiz lozim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика