So’nggi yangiliklar

07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  0 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  4 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  40 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14

Avstraliya termasi futbolchisi: "O'zbekistondan ochiq o'yin kutyapmiz. Bu biz uchun ham qulay" Yangiliklar

Avstraliya termasi futbolchisi: "O'zbekistondan ochiq o'yin kutyapmiz. Bu biz uchun ham qulay"

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi uchinchi turida Avstraliyaga qarshi guruh g'olibini aniqlab beruvchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Avstraliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ayden O'Nil O'zbekistonga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi. Himoyachining fikricha, Avstraliya ertaga O'zbekistonni mag'lub qilish yo'lini topadi.

"Kundek ravshanki, biz Osiyo kubogini qo'lga kiritmoqchimiz. 

"Fikrimcha, O'zbekiston biz bilan oldingi raqiblarimizga qaraganda ochiqroq o'yin ko'rsatadi. Dastlabki ikki uchrashuvda Hindiston va Suriya chuqur himoyada o'ynagandi. Biz esa bu uchrashuvlarda ularning himoyasini yorib o'ta oldik va natijaga erishdik. 

Bu safar esa men O'zbekistondan biroz ochiq o'yin kutyapman. Raqibning bu uslubda harakat qilishi biz uchun ham qulay. O'zbekiston bizga qarshi ko'proq pressing qiladi deb o'ylayman. Raqib bu ishni biz kabi bajarishga harakat qilsa, ularni jazolab qo'yamiz.

Tarkibimiz eng kuchlilardan Avstraliya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro sovrinimni yutmoqchiman. Rostini aytsam, har bir lahzadan bahra olyapman. Har bir uchrashuvda birma-bir g'alaba qayd etib boramiz. Bu jamoamizning mentaliteti", - Ayden O'Nil.

Malumot uchun, Avstraliya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchinchi tur o'yini ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.

Osiyo kubogi turnir jadvali

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика