Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum
17 noy 2018 13:29
Yangiliklar


Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum
Osiyo Kubogi-2019da Avstraliya terma jamoasiga kim sardorlik qilishi malum bo'ldi.
Terma jamoa ustozi Grexem Arnold bundan buyon Mark Miligan sardorlik bog'ichini taqishini matbuotga bildirdi. Mark Miligan "sokkeruzlar" safida 72ta o'yinda maydonga tushgan bo'lib, u Avstraliya futboli tarixida terma jamoaning 56-sardori hisoblanadi.
Miligan bog'ichni avvalgi sardor Mayl Edinakdan qabul qilib oldi. Malumki, Edinak o'tgan oy xalqaro faoliyatini yakunladi. Terma jamoa ustozi yangi sardor haqida shunday dedi: "Mark qariyb 12 yildan beri terma jamoada to'p tepyapti. U juda ajoyib xarakterga ega. U - etakchi va sheriklarini ortidan etaklay oladi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar