So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  2 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

Avstraliya MTJ bosh murabbiyi: "Quvaytga borib o'ynaymizmi yoki boshqa joydami, farqi yo'q. Biz jahon chempionatiga chiqmoqchimiz" Yangiliklar

Avstraliya MTJ bosh murabbiyi: "Quvaytga borib o'ynaymizmi yoki boshqa joydami, farqi yo'q. Biz jahon chempionatiga chiqmoqchimiz"

18 oylik tanaffusdan so'ng Avstraliya terma jamoasi yana katta manzil sari yo'lga chiqmoqda.

Markazlashgan tartibdagi JCH-2022 saralash bahslarining ikkinchi raund qolgan o'yinlarini Avstraliya terma jamoasi Quvaytda o'tkazadi.

3 iyun. Avstraliya - Quvayt

7 iyun. Avstraliya - Xitoy Taypeyi

11 iyun. Nepal - Avstraliya

15 iyun. Avstraliya - Iordaniya

Avstraliya terma jamoasi 12 ochko bilan guruhda birinchi o'rinda kelyapti. Quvayt 10 ochko bilan ikkinchi, Iordaniya ham 10 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Avstraliya Quvaytga yo'l olishdan oldin BAAda yig'in o'tkazadi. U erda 29 may kuni O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi mo'ljallangan. "Sokkeruzlar" bosh murabbiyi Grexem Arnold o'z intervyusida tayyorgarlik rejasi haqida so'zlab berdi. 

- "Biz bir necha kun oldin Quvaytga borishni rejalashtiryapmiz, chunki mahalliy ob-havoga ko'nikishimiz kerak. Buning uchun Evropa klublaridan minnatdorman, ular futbolchilarimizni birmuncha ertaroq qo'yib yuboradigan bo'lishdi. FIFA kunlari to 31 mayga qadar ochiq emas. Bu degani klublar xohlasa futbolchilarni bermasligi mumkin, lekin biz vaziyatni tushuntirgan holda Evropa jamoalari bilan ish olib boryapmiz". 

- "25 may kuni Dubayga ketamiz. Ungacha qo'l ostimda 13-14 nafar legioner jam bo'ladi deb o'ylayman. Agar Quvaytdagi o'yinlar startiga 10 kun qolganida to'liq tarkib bilan yig'ila olsak, bu juda yaxshi bo'lardi. JCH saralash bahslari markazlashgan tartibda davom ettiriladi. O'yinlarni o'tkazuvchi sifatida Quvayt tanlandimi, hozir buni muhokama qilish kerak emas. Biz har qanday sharoitga moslashishimiz darkor, zero oldimizga jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgan".

- "Osiyoda 20ta loyiq jamoa jahon chempionatiga chiqish uchun kurash olib boryapti. Bu degani bitta o'ringa to'rtta jamoa kurashadi. Arablarda iqlim bizdagidan ancha farq qiladi. SHu bois ham Quvaytga ketishdan oldin BAAda yig'in o'tkazishni maqul ko'rdik", - deydi Avstraliya termasi ustozi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика