So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  0 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   8 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  10 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  16

Avazbek O'lmasaliev: "Oldimda "Bunyodkor"dan tashqari takliflar ham bor edi, lekin..." Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Oldimda "Bunyodkor"dan tashqari takliflar ham bor edi, lekin..."

Ayni damda Toshkentning "Bunyodkor" klubida o'ynayotgan farg'onalik futbolchi Avazbek O'lmasaliev va "Neftchi" muxlislari o'rtasida muloqot tashkillandi.

Mazkur muloqot savol-javob ko'rinishida muxlislar etiboriga havola etilmoqda.

- Avazbek, taklifimizni qabul qilib biz bilan muloqotga kirishganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aytingchi, nega hozirgi kunda "Lokomotiv"dan ketdingiz?


- Etibor uchun, sizlarga ham rahmat. Hozir ham "Lokomotiv" futbolchisiman, "Bunyodkor"da ijara asosida o'ynayapman. Buning sababi kiyim almashtirish xonasida jamoadoshim bilan tortishib qolganim uchun yuzaga keldi. O'ylab ko'rib o'zim ham buni istadim va "Bunyodkor" variantini tanladim.

- "Neftchi"dan ketishingizga nima sabab bo'lgan?


- O'shanda mening oldimda Superliga klublaridan taklif bor edi. Oila azolarim bilan kelishgan xolda "Lokomotiv" variantini tanladik. Maqsadim kelajakda kuchli Evropa chempionatlarida ham o'zimni sinab ko'rish, bunga erishish uchun astoydil harakat qilayapman.

- Futbolga kirib kelishingiz jarayoni qanday bo'lgan?


- Bolaligimda onam meni futbol internatiga olib borardilar. Keyinchalik mashg'ulotlarni akam bilan olib borganmiz. Bilasizlarmi, o'shanda akam mashg'ulotlarni juda ham qattiqqo'llik bilan o'tkazardilar, to'g'risi oson kechmagan. 15 yoshimda "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzolaganman. SHundan so'ng yoshlar jamoasida o'ynashni boshlaganman. Vadim Abramov "Neftchi" bosh murabbiyi etib tayinlangach, 17 yoshimda meni asosiy tarkib jamoasiga jalb etgan.

- Aytib o'tganingizdek, hozir "Bunyodkor"dasiz. Nima uchun bu klubni tanladingiz, odingizda boshqa variantlar ham bor edimi?


- Ha, menda variantlar bor edi. "Bunyodkor"dan tashqari "Paxtakor", AGMK, "Andijon”, “Qo'qon-1912" jamoalari meni o'z saflarida ko'rishni istashgandi. Vadim Abramov bilan maslahatlashgan xolda "Bunyodkor" variantini tanladim.

- Faoliyatingizda eng yodda qolgan o'yiningiz va urgan golingiz qaysi?


- Hali yoshman, nasib bo'lsa oldinda o'yinlarim ko'p. Lekin hozirda men uchun eng esda qolgan qadrli o'yin "Neftchi" safida "Mashal" bilan o'tkazilgan uchrashuv deb o'ylayman. Eng qadrli gol ham aynan o'sha o'yinda urgan golim hisoblanadi.

- Siz bilan ishlagan murabbiylar ichida eng maqul kelganlari qaysi?

- Vadim Abramov va Bahrom Haydarov.

- "Neftchi" klubiga tilaklaringiz qanday?


- Bu yilgi mavsum yakunida "Neftchi" Superligaga qaytishiga tilakdoshman. Jamoaga faqat omad va g'alabalar yor bo'lishini tilayman.


Onlayn muloqot jarayonidan matnlarni Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика