Avazbek O'lmasaliev: "Natija o'yinga mos bo'lmadi"
31 iyu 2021 22:12
Yangiliklar
Avazbek O'lmasaliev: "Natija o'yinga mos bo'lmadi"
Tengma-teng kurashlar ostida kechgan bahsda "qaldirg'ochlar" kichik 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu bahsdan so'ng jamoa futbolchisi Avazbek O'lmasaliev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zingiz ko'rdingiz o'yin haqiqiy derbi nomiga yarasha yuqori tempda o'tdi. Bahs qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tdi, deya olaman. Afsuski yakunda mag'lubiyatga uchradik. Aslida natija o'yinga mos bo'lgani yo'q. Bizda ham vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin foydalana olganimiz yo'q. Raqibda ham xavfli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Kamida durangga erishishimiz mumkin edi. Ibrohim Tomiva gol urgan vaziyatda o'yindan tashqari holat bormidi yoki yo'q buni hakamlar hal qiladi. Bizni vazifamiz maydonga chiqib futbol o'ynash va g'alaba qozonish. Hakamlarning qarorini muhokama qilmagan maqul",- deydi Avazbek O'lmasaliev.
Fikrlar