So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Autsayderlarni eyish osonlashadi". Yoxud inqilob futbolga nima beradi? Yangiliklar

"Autsayderlarni eyish osonlashadi". Yoxud inqilob futbolga nima beradi?

Teglar :  Futbol FIFA
FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Niderlandiyadagi "Future of Football Cup" musobaqasida sinovdan o'tkazilgan yangi qoidalar endi chuqur tahlil qilinadi. Futbolga basketbol, futzal yoki xokkey elementlarini qo'shishga urinayotgan FIFA ayolining qiyofasini plastik jarrohlik amaliyoti orqali uning dugonasiga o'xshatishni xohlayotgan kuyov kabidir. Mabodo "kuyov bola"ning yangi g'oyasi tasdiqlansa, biz sevgan o'yin tez orada tamoman o'zgarib ketadi. Bu haqda oldingi materialda batafsil fikr yuritgandik. Bugun esa rejadagi inqilobiy qarorlarning asosiylariga chuqurroq to'xtalib, tahlil qilamiz.

1. O'yin vaqti 90 daqiqadan 60ga tushadi

30 daqiqalik 2 taym = 1 soat. FIFAning o'zgartirilishi eng qiyin va ko'p noroziliklarga sabab bo'ladigan qoidasi shu.

Bu orqali o'yinning tomoshabopligini orttirish va muxlislarning vaqtini tejash ko'zlangani aytilmoqda. Ammo, qoida buzilgan va to'p maydonni tark etgan paytda vaqt to'xtashini unutmaslik kerak. 90 daqiqalik o'yinni ko'rish uchun TV qarshisiga kelgan yoki stadionga borgan muxlis uchrashuv maksimum 120 daqiqada tugashini biladi. Yangi qoida esa bunga imkon bermaydi. Masalan, basketbolda aynan shu tizim ishlaydi. Faol o'yin vaqti 48 daqiqa bo'lgan NBA'da bazi uchrashuvlar 3 soatdan ortiq davom etishini unutmaslik kerak. FIFA translyaciya huquqi va tomoshabin etibori tufayli bu qoidani o'zgartirolmasa kerak.

2. CHeksiz zaxira almashtirishlari

Grandlar autsayderlarni eyishini qulaylashtiradigan o'zgarish.  Yani, boylar yanada boyiydi, faqirlarning kun ko'rishi qiyinlashadi. "Bavariya", "Real", PSJ, "Yuventus" va "Manchester Siti" kabi jamoalar teng kuchli 2 ta tarkib shakllantirishi mumkin. "Brayton", "Jenoa" va "Elche"ning moliyaviy holati esa bunga imkon bermaydi. Bunday klublarda zaxiradan tushib, o'yinni yanada kuchaytira oladigan futbolchilar soni nari borsa 3 ta bo'ladi. 

Tasavvur qiling, "Jenoa" Turinda mehmon bo'lyapti. "Yuventus" hujum chizig'ining o'ng qanotida Keza, Kulusevski va Bernardeski almashib o'ynydi. Ularning jismoniy holati Genuya klubining chap qanot himoyasida to'p tepayotgan Domeniko Krishitodan tabbiy ravishda yaxshi bo'ladi. CHunki, Ballardinining qo'l ostida asosiy tarkibga tortadigan boshqa fulbek bo'lmagani uchun Krishito 90 daqiqa o'ynashga majbur. 

Tanganing boshqa tomoni ham bor. Bu murabbiylar uchun qancha qulay bo'lsa, shuncha qiyinchilik tug'diradi. 5 kishidan o'ynaladigan futzal yoki basketboldan farqli ravishda futbolda o'yinchilar soni ko'proq. Ularni bir necha bor almashtirish o'yinga tayyorlangan taktik ishlanmalarni amalga oshirishga halaqit beradi. 

3. To'pni yon chiziqdan oyoq bilan o'yinga kiritish

Futbol oyoq yordamida o'ynaladigan o'yin. Unda qo'lni ishlatish huquqi faqat darvozabonlarga berilgan. "Aut"larni ham oyoq yordamida amalga oshirish imkoniyati esa hujumlarni yanada keskinlashtirib, o'yindagi gollar sonini ko'paytirishi aniq. FIFA taklif qilayotgan qoidalar ichida qabul qilinish ehtimoli eng yuqorisi shu.

4. Kichik chetlatish

Sariq kartochka olgan o'yinchi 5 daqiqani maydon tashqarisida o'tkazadi. Qizil kartochka uchun to'liq chetlatish tartibi qo'llaniladigan sportda bu juda ham mantiqli qaror, biroq amalga oshirish deyarli imkonsiz. Bu har penalti va qizil kartochkadan keyin norozilar topiladigan futboldagi janjallar sonini orttiradi xolos. 1 o'yinda chetlatish yoki 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmasligi mumkin, ammo o'rtacha 6 bor sariq kartochka ko'rsatiladi. Bu esa 6 ta bahsli vaziyat demakdir. Kichik chetlashtish qoidasi doimiy ravishda hakamlar bilan bahslashadigan, rahbariyatga ishonmaydigan bizniki kabi futbol o'lkalarida referilarning ahvolini yanada tanglashtiradi. 

Yuqoridagilar mantiqsizdek ko'rinyapti. Unutmaslik kerak, shu kungacha tatbiq qilingan yangi qoidalarning barchasi dastlab absurd sifatida baholangan. Demak, "kuyov bola" harakatdan to'xtamasa, 5, 50 yoki 500 yildan keyin baribir "jarrohlik amaliyoti" qilinadi. "Kelin"ning qiyofasi qanchalik o'zgarishini esa vaqt ko'rsatadi.

Derdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi?

Muallif :
Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика