Aurelio De Laurentis: "Platiniga ko'proq ovoz kerak, shu bois kichik davlatlarni qo'llamoqda"
13 dek 2013 12:21
Yangiliklar


Aurelio De Laurentis: "Platiniga ko'proq ovoz kerak, shu bois kichik davlatlarni qo'llamoqda"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis UEFA prezidenti Mishel Platinini tanqid qildi.
- Platini qachon Angliya, Franciya, Germaniya, Ispaniya va Italiya kabi kuchli davlatlarga etibor qaratadi? Buni o'rniga u ko'proq ovoz olish maqsadida kichik davlatlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Umid qilamanki, Platini FIFA prezidenti bo'lganidan so'ng biz futbolni ancha qiziqarli va zamonaviy qila olamiz, - deydi De Laurentis "Europe1.fr" nashriga.

Fikrlar