So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Atletiko"ning yangi roliki sizni tasirlantiradi. Vada beramiz! Yangiliklar

"Atletiko"ning yangi roliki sizni tasirlantiradi. Vada beramiz!

"Atletiko"dan yuqori narsa faqatgina uning qadriyatlaridir".

"Atletiko" muxlislari uchun iliq rodjestvo roligini sovg'a qildi.

Va u shunchaki ajoyib.




Syujet bo'yicha qari inson ko'chada yo'qolib qoladi, o'sha tomondan o'tib ketayotgan kirakash uni topadi va uyiga olib borib qo'yishga qaror qiladi.



Haydovchi gap futbol haqida ketishidan oldin u bilan ob-havo bo'yicha ham, bayramlar bo'yicha ham suhbatni boshlashning uddasidan chiqolmaydi.

Otaxon esa Madridning "Real" klubi va ayniqsa Alfredo Di Stefanoning muxlisi bo'lib chiqadi. U "yakshanbadagi o'yinni ko'rdingizmi?" degan oddiy savolga javob beradi va buyuk argentin-ispan futbolchisi qanday yaxshi o'ynaganini berilib gapira boshlaydi.



Di Stefano – "Madrid"ning mutlaq afsonasi. Alfredo 1953 yilda klubga mojaro bilan keladi ("Madrid" va "Barsa" o'rtasida, FIFA ham jalb qilingan), dastlabki etti oyda o'ynamaydi, ammo masala hal bo'lganidan so'ng super to'purarga aylanadi: 396ta o'yinda 308ta gol, Evropa chempionlari kubogidagi ketma-ket beshta g'alaba.

Argentin-ispanni o'g'irlab ham ketishadi, ammo u klubni butun vujudi bilan qattiq sevardi. Di Stefano keyinchalik murabbiy bo'lib ham ishlaydi (dastlab 1982 yildan 1984 yilgacha, keyin 1990 yilda) va mashg'ulotlarda 20 mingdan muxlis yig'adi. U o'ynashi ham shart emasdi.

Kirakash otaxonni uyiga qadar eltib qo'yadi. U erda uni havotirlanib o'tirgan qizi qarshi oladi.



Keyinchalik haydovchi "Atletiko" muxlisi ekanligi malum bo'ladi. Otaxon Di Stefano haqida gapira boshlaganda klub ramzini yashirib qo'ygan bo'ladi, ammo keyinchalik darhol o'zining oldiga osib qo'yadi.



Albatta, "Atletiko" muxlislari Di Stefanoni uncha ham hushlashmaydi, ammo afsonaga hurmat bilan munosabatda bo'lishadi. Alfredo hatto klubda bir marta o'ynagan ham: u 1956 yilda Uch qirol bayramiga bag'ishlangan ko'rgazmali o'yinda bir taym harakat qiladi (6 yanvar kuni, yangi yil kunlarida), uni bunga "Atletiko"ning buyuk forvardi Adrian Eskudero ko'ndirgan.

Rolik shunday jumlalar bilan yakunlanadi: "Atletiko"dan yuqori narsa faqatgina uning qadriyatlaridir".



Raqiblar muxlislari o'rtasidagi hurmat haqida ajoyib voqea. Va juda muhim yo'llanma.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика