"Atletiko"ning yangi mavsum uchun mo'ljallangan uy liboslariga baho bering
27 apr 2020 01:11
Yangiliklar


"Atletiko"ning yangi mavsum uchun mo'ljallangan uy liboslariga baho bering
Ijtimoiy tarmoqlarda Madridning "Atletiko" klubi yangi (2020-21) mavsum uy uchrashuvlarida foydalanadigan liboslarning suratlari paydo bo'ldi.
Suratlar Footy Headlines portaliga joylashtirilgan.
Liboslar ananaviy qizil-oq rangda, chiziqli dizayn asosida ishlangan. Yangi to'plamning o'ziga xosligini chiziqlarning to'lqinsimon shaklida ko'rishimiz mumkin. SHuningdek, futbolkaning yon tomonlarida to'q ko'k chiziqlar paydo bo'ladi, yoqasi esa bir xil rangda tayyorlanadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko"ning texnik homiysi Amerikaning Nike kompaniyasi hisoblanadi. To'plamning rasmiy taqdimoti may-iyun oylariga rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar