"Atletiko"ning muhim futbolchisi MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
21 fev 2022 23:51
Yangiliklar
"Atletiko"ning muhim futbolchisi MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Atletiko" sardori Koke ECHLda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin.
Uchrashuvga 2 kun qolganida futbolchi jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Ayni damda uning bahsda qatnashishi so'roq ostida turibdi.
Ispaniyalik futbolchi 2018 yilning 6 noyabr kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yindan keyin jamoasi tarkibida ECHLdagi barcha bahslarda qatnashdi.
Ushbu mavsumda 30 yoshli xavbek 21 o'yinda ishtirok etdi.
Fikrlar