"Atletiko" Xames bilan kelishib oldi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2019, 00:50
CalcioNapoli24ʼning xabar berishicha, Real yarim himoyachisi Xames Rodriges Atletikoga o'tishga rozi bo'ldi.

Matraschilar kolumbiyalik futbolchi uchun qaymoqranglilarga 40 mln evro o'tkazib berishi aytilmoqda. Rodriges esa Atletiko bilan 5 yillik shartnoma imzolashi ko'zda tutilgan.

Manbaga ko'ra, hujumkor yarim himoyachiga katta qiziqish bildirgan Napoli vakillari uni qo'lga kiritish uchun kurashdan chiqqan. 

Eslatib o'tamiz, Xames oxirgi 2 mavsumni ijara asosida Bavariyada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: CalcioNapoli24