"Atletiko" eski stadioni bo'lmish "Visente Kalderon"dagi erni 182 million evro sotdi
03 avg 2019 15:24
Yangiliklar


"Atletiko" eski stadioni bo'lmish "Visente Kalderon"dagi erni 182 million evro sotdi
"Matraschilar" mulkning baholangan narxidan 27 million evro ko'prog'iga sotishga muvaffaq bo'lishdi.
"Atletiko" klub ixtiyorida qolgan "Visente Kalderon"dagi so'nggi erni ham sotib yubordi.
Vivenio 28 481 kvadrat metr joy uchun 82 million evro to'ladi. Erning 95% joyi yangi uylar qurish uchun yo'naltiriladi, qolgan joy esa uchinchi shaxslar tomonidan ishlatiladi.
Yarim oy avval Azora va Cbre GIP 35 ming kvadrat metr joy uchun 100 million to'lashgan edi.
"Atletiko" umumiy 182 million evroga ega bo'ldi. Vaholanki, erning narxi 27 millionga kamroq, yani 155 million evroga baholangan edi.
"Atletiko"ning eski stadioni bo'lmish "Visente Kalderon"
Bu esa "matraschilar"ning yangi "Vanda Metropolitano" stadioni
O’xshash yangiliklar

Fikrlar