"Atletiko" Suaresga o'rinbosar topdi
25 jan 2022 23:55
Yangiliklar
"Atletiko" Suaresga o'rinbosar topdi
Madridning "Atletiko" klubi "Elche" hujumchisi Lukas Boyeni sotib olmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli argentinalik futbolchi kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Luis Suaresning o'rniga "matraschilar" uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
Qayd etilishicha, "Atletiko" futbolchini kelasi yozda sotib olmoqchi. Boyening tovon puli 25 million evro, ammo uning klubi Segundaga tushib ketsa, bu narx 10 millionga tushadi.
Joriy mavsumda Boye Ispaniya chempionatida 17 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq futbolchi "Reding", va "Torino" klublarida ham to'p surgan.
Fikrlar