So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

"Atletiko" sobiq ustozi Agirre: "Agueroni "Atletiko B"ga yubormoqchi bo'lganman" Yangiliklar

"Atletiko" sobiq ustozi Agirre: "Agueroni "Atletiko B"ga yubormoqchi bo'lganman"

"Atletiko" sobiq bosh murabbiyi Xaver Agirre hozirda "Manchester Siti"da o'ynayotgan Serxio Aguero haqidagi voqeani aytib berdi.

"Bu 14 yil oldin bo'lgan edi. Tasavvur qiling, u deyarli 17 yoshli kichkina bola edi. U hamma narsa boshqacha kechadigan Evropaning eng katta shaharlaridan birida edi. U pastgina edi, klub esa uning uchun 20 million evro to'lagan.

Men uni ko'rdim va Migel Anxel (ijrochi direktor)dan so'radim: "Siz shu bolaga shuncha mablag' to'ladingizmi? U La Liga nima ekanligini tushunmayapti, Evropa va Madrid haqida hech narsani bilmaydi. 

Yigitcha boshidan boshlashi kerak edi. Fikrimcha u jismoniy holat bo'yicha chempionat startiga ham tayyor emas edi.

Men Migel Anxelga aytdim: "Agar men bu yigitchani bir oyga "Atletiko B"ga yuborsam nima bo'ladi?

Migel Anxel javob berdi: "Ular seni o'ldirishadi. Matbuot seni shunchaki o'ldirib tashlaydi"

Serxio bilan asosiy narsalardan boshladik. To'pga egalik qilish bo'yicha u jamoaning eng yaxshi o'yinchisi edi. To'psiz esa shunchaki muxlislardek o'yinni tomosha qilardi. SHunday ekan, biz to'psiz o'yin ustida ishladik. Ammo, u o'zgacha edi. Jarima maydonchasida, darvozabon bilan birga-bir vaziyatda u shunchaki qotil edi, umuman olganda top, birinchi darajali o'yinchi edi", - deydi Agirre.

Eslatib o'tamiz, Serxio Aguero "Atletiko"da 2006-2011 yillar davomida o'ynagan va shundan so'ng "Manchester Siti"ga yo'l olgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика