"Atletiko" Simeonega yangi shartnoma taklif qildi
04 iyu 2021 13:35
Yangiliklar
"Atletiko" Simeonega yangi shartnoma taklif qildi
Argentinalik mutaxassis Diego Simeone Madridning "Atletiko" klubi bilan hamkorlikni uzaytirishi mumkin.
"Matraschilar" 51 yoshli murabbiyga shartnomani 2023 yilning yoziga qadar uzaytirishni taklif etishdi.
Tomonlar o'rtasida tuzilgan amaldagi mehnat shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Diego Madrid klubi bosh murabbiyligida 2011 yildan beri ishlaydi. U madridliklar bilan ikki bor La Ligani yutdi.
Fikrlar