"Atletiko" Simeone qo'lostidagi o'yinlarning yarmidan ko'pida nolga o'ynadi
17 may 2018 10:38
Yangiliklar


"Atletiko" Simeone qo'lostidagi o'yinlarning yarmidan ko'pida nolga o'ynadi
Kecha tunda bo'lib o'tgan Evropa ligasi finalida "Atletiko" jamoasi "Marsel"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Bu uchrashuv "matraschilar"ning Diego Simeone boshqaruvidagi 377chi o'yini bo'ldi.
Madridliklar 2011 yildan beri shu vaqt ichida barcha musobaqalarda 200ta quruq o'yin o'tkazishdi. Bu 48 yoshli argentinalik mutaxassis qo'lostidagi uchrashuvlarning 53 foizi degani.
Madridliklar Simeone boshqaruvida 34 bor 0:0 hisobida durang o'ynashgan, 67 marta 1:0, 45 bora 2:0, 31 marotaba 3:0, 13 bor 4:0, 7 marta 5:0, 2 bora 6:0 va 1 marta 7:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar