"Atletiko", PSJ va Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi 37 yoshida faoliyatini yakunladi
18 mar 14:21
Yangiliklar


"Atletiko", PSJ va Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi 37 yoshida faoliyatini yakunladi
37 yoshli hujumchi Kevin Gameyro professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
"Maydonda o'tkazilgan har bir lahza xotiramda, lekin eng avvalo qalbimda muhrlanib qoladi. Ammo, hayotimning bu ajoyib bobini faxr va sog'inch ohangida yakunlash vaqti keldi. Sahifa almashadi, ammo futbolga bo'lgan muhabbat abadiy qoladi," - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Gameyroning so'nggi klubi "Strasbur" bo'lib, u 2024 yilning yozida klubni tark etgandi.
Shuningdek, francuz "Loryan," PSJ, "Sevilya", "Atletiko" va "Valensiya" klublarida ham o'ynagan. U to'rt karra Evropa Ligasi g'olibi, Franciya chempioni va Ispaniya kubogi sohibi hisoblanadi.
Gameyro Franciya terma jamoasi safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar