"Atletiko" prezidenti: "Simeone buyuk. U bizga doim g'alabalar va titullar olib keladi"
06 avg 2020 10:44
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti: "Simeone buyuk. U bizga doim g'alabalar va titullar olib keladi"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone haqida gapirdi.
"U buyuk murabbiy. U bizga doim g'alabalar va titullar olib keladi.
Simeone o'yinni xohlaganidek quradi. Biz buni muhokama qilmaymiz, sababi natijalar ajoyib.
Bir murabbiy bilan 8 yil yoki undan ko'proq ishlash - Ispaniya uchun noodatiy holatdir", - deydi boshqaruvchi.
Prezident shuningdek klubning CHempionlar Ligasida g'olib bo'lish istagi haqida gapirdi.
"Bu buyuk orzu. SHunday noodatiy mavsumda La Ligada kuchli uchlikda bo'lish va CHempionlar Ligasida g'olib bo'lish ajoyib bo'lar edi".
Fikrlar