"Atletiko" prezidenti Neymarni provokator deb hisoblamaydi
07 fev 2017 12:54
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti Neymarni provokator deb hisoblamaydi
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Barselona" hujumchisi Neymarni maydondagi provokator deb hisoblaydiganlar safiga kirmaydi.
"Neymar - meni o'z o'yini bilan ilhomlantiradigan futbolchi. U provokator emas va maydonda o'z ustunliklaridan foydalanadi" - deydi Sereso.
"Atletiko" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi. Ilk bahsda Kataloniya klubi 2:1 hisobida g'alabaga erishgan edi.
Fikrlar