"Atletiko" Partining o'rniga uch nomzodni o'rganmoqda
24 iyu 2020 18:01
Yangiliklar


"Atletiko" Partining o'rniga uch nomzodni o'rganmoqda
Ispanlar xavbekning ketishiga tayyorlanishmoqda.
"Atletiko" rahbariyati yarim himoyachi Tomas Partining ketishi sababli uning o'rniga bir necha variantlarni o'rganishmodqa.
Xabarlarga ko'ra, "matraschilar"ning bugungi kundagi short-listidan "Fulxem" xavbeki Andre Zambo, "Xetafe" yarim himoyasi Mauro Arambarri va "Malorka" futbolchisi Idrissu Babalar o'rin olgan.
Qayd etish kerakki, Gana terma jamoasi futbolchisining tez orada Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi taxmin qilinmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar