"Atletiko" o'z futbolchisini "Yunayted"ga sotishni istamayapti

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 16:59
"Atletiko" o'z himoyachisi Diego Godinni "Manchester Yunayted"ga sotishni istamadi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati 32 yoshli tajribali futbolchi uchun "matraschilar"ga 5 million evro taklif qilgan.

Godinning jamoasi bilan shartnomasi yarim yildan keyin o'z yakuniga etadi. Oldinroq urugvaylik "Inter" bilan kelishib olgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport