"Atletiko" Olimpiadada zaxiradan tushib, 20 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan ispaniyalik forvardni o'z safiga qo'shib olishga yaqin
18 avg 2021 14:56
Yangiliklar
"Atletiko" Olimpiadada zaxiradan tushib, 20 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan ispaniyalik forvardni o'z safiga qo'shib olishga yaqin
Transfer huquqi "Vulverxempton"ga tegishli ispaniyalik forvard Rafa Mir vataniga qaytishga yaqin.
Ayni damda tomonlar transfer shartlarini muhokama qilishmoqda. Madridliklar 24 yoshli o'yinchining ham ijara, ham to'laqonli transfer variantini ko'rib chiqishga tayyorlar.
"Bo'rilar" o'z navbatida Mirning sotuvidan 20 million evro ishlab olishmoqchi.
Rafa o'tgan mavsumni La Liga vakili "Ueska"da o'tkazdi. Hujumchi chempionat doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Olimpiada o'yinlarining chorak finalida Rafa Ispaniya Olimpiada terma jamoasi safida Ivuarga qarshi o'yinda 90+2 daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan edi.
Fikrlar