"Atletiko" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olmoqchi
03 may 2019 14:38
Yangiliklar


"Atletiko" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olmoqchi
"Manchester Siti" himoyachisi Nikolas Otamendi yozgi transfer oynasida "Atletiko"ga o'tishi mumkin.
Manbaning malum qilishicha, madridliklar sport direktori Andrea Berta allaqachon futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqqan.
"Atletiko" Otamendiga yozda jamoani tark etadigan Diego Godinga o'rinbosar sifatida qaramoqda.
Oldinroq Xosep Gvardiola unga etarlicha o'yin amaliyoti bermasa "Manchester Siti"ni tark etishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, argentinalikning "Man Siti" bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsum u 31ta o'yinda ishtirok etdi va bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar