"Atletiko Madrid" stadioni yaqinida Luis Aragonesga yodgorlik o'rnatildi
29 okt 2021 20:57
Yangiliklar
"Atletiko Madrid" stadioni yaqinida Luis Aragonesga yodgorlik o'rnatildi
"Atletiko Madrid" rasmiy saytining xabariga ko'ra, klub "Vanda Metropolitano" uy stadioni yaqinida ispaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy Luis Aragonesga bronzadan haykal o'rnatgan.
Yodgorlikning ochilishi juma kuni "Atletiko" prezidenti Enrike Seresoning ishtirokida bo'lib o'tdi. Tadbirda Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone, jamoasi sardori Koke, "Atletiko"ning sobiq futbolchisi Fernando Torres ham ishtirok etdi.
Aragonesning o'g'li yodgorlikdan qolgan pulni Milliy saraton associaciyasiga xayriya qildi.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilda Aragones 75 yoshida oqqon kasalligidan vafot etgandi.
Fikrlar