“Atletiko M” Feliks uchun 126 mln evro taklif qildi
27 iyu 2019 08:13
Yangiliklar


“Atletiko M” Feliks uchun 126 mln evro taklif qildi
“Atletiko” “Benfika”ga kattagina taklif yubordi.
“A Bola” nashri malumotiga ko'ra, Madrid klubi “Benfika”ning 19 yoshli futbolchisiga rasmiy taklif bilan chiqqan. “Matraschilar” Feliks uchun 126 mln evro taklif qilgan.
Ayni damda “Benfika” taklifni ko'rib chiqmoqda. Agar klub transferga rozilik bersa, “Benfika” 120 mln evroga ega bo'ladi. 6 mln evro esa muddatli to'lovni yopish xarajatlariga sarf etiladi.
Feliks o'tgan mavsum Portugaliya chempionatida 26 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar