"Atletiko" Lingardga qiziqmoqda

Alisher
16 iyul 2021, 10:16
"Atletiko" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardga qiziqish bildirmoqda.

Jessi Lingard o'zi ijarada o'ynagan "Vest Xem"ning to'laqonli o'yinchisiga aylanishi mumkin edi, ammo Angliya klublari kelishuvga erisha olishmadi.

Madridning "Atletiko" klubi Saulning "Barselona"ga ehtimoliy ketishi sabab markazni kuchaytirish uchun o'yinchi qidirmoqda.

Lingardning MYU bilan shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi, ammo manchesterliklar uning sotuvidan 30 mln evrodan kam ishlab olishmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 90min