So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Atletiko" koronavirus pandemiyasi davrida vafot etgan 32 muxlisining azolik raqamlarini saqlab qoladi Yangiliklar

"Atletiko" koronavirus pandemiyasi davrida vafot etgan 32 muxlisining azolik raqamlarini saqlab qoladi

Teglar :  Atletiko
Madridning "Atletiko" klubi koronavirusdan vafot etgan barcha muxlislarini xotirlaydi va ularni sharaflaydi.

Ispan klubining xabariga ko'ra, "Atletiko" pandemiya davrida halok bo'lgan 32 muxlisning klubga azolik raqamlarini ramziy xotira sifatida saqlab qo'yadi.

"So'nggi bir necha oy davomida biz qiyin kunlarni boshdan kechirdik va "Atletiko" oilasi COVID-19 oqibatlariga beparvo bo'lmadi. Afsuski biz "Atleti"ni butun tarixi davomida ulug'vor qilgan taniqli futbolchilar va murabbiylar, shuningdek bazi klub muxlislarimiz bilan xayrlashishga majbur bo'ldik. Tez orada imkoni bo'lguncha klub ularga ranglarimizga sodiq bo'lishgani uchun minnatdorlik bildiradi va ular doimo qalbimizda mangu yashashadi.

Pandemiya davrida jamoamizning kamida 32 muxlisi hayotdan ko'z yumgan. Yangi mavsum boshida, har yili iyun oyida klub uchun azo bo'lganlarning o'lim holatlari yoki bekor qilinganligi sababli bo'shagan raqamlari yangi egalarini topardi.

Ammo, bunday vaziyatda klub 2020/21 yilgi mavsumda ham ularning raqamlari saqlab qoladi, ular xotiralarda mangu yashashadi va klub ularga minnatdorchilik bildiradi", - deyiladi "Atleti" xabarida.

"Atletiko" koronavirusga qarshi kurash uchun 20000ta niqob xayriya qildi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика