"Atletiko" klubi prezidenti Vidalning fikriga javob qaytardi
05 may 2016 23:05
Yangiliklar
"Atletiko" klubi prezidenti Vidalning fikriga javob qaytardi
ECHL yarim final doirasidagi "Bavariya" - "Atletiko" uchrashuvidan so'ng myunxenliklar futbolchisi Arturo Vidal Simeone jamoasining o'yinini kamsitgandi.
"Bizning ko'rsatgan o'yinimiz juda xunuk dedi? Aksincha, bizning futbol chiroyli va "Atletiko" qo'lga kiritilgan g'alabadan xursand. Vidal shunchaki hasad qilmoqda. Hozirgi kunda evropaning yarmidan ko'p qismi bizni qo'llab-quvvatlamoqda", - deydi "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso.
Fikrlar