"Atletiko" Karraskoni Angliyaga qo'yib yubormaydi
20 avg 2022 10:20
Yangiliklar
"Atletiko" Karraskoni Angliyaga qo'yib yubormaydi
"Atletiko" hujumchisi Yannik Karrasko yozda jamoadan ketmaydi.
"Manchester Yunayted", "CHelsi" va "Tottenxem" 28 yoshli belgiyalik bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
Madrid jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone o'yinchini boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas.
Karrasko o'tgan mavsum "Atletiko"da eng ko'p daqiqa o'ynagan uchinchi o'yinchi hisoblanadi — 3302. U bu ko'rsatkich bo'yicha faqatgina darvozabon Yan Oblak va yarim himoyachi Kokedan ortda qoldi.
Fikrlar