"Atletiko" Jorje Mendesh bilan uch futbolchini klubga olib kelish borasida muzokaralar o'tkazmoqda
27 may 2019 23:50
Yangiliklar


"Atletiko" Jorje Mendesh bilan uch futbolchini klubga olib kelish borasida muzokaralar o'tkazmoqda
Madridning Atletiko klubi portugaliyalik mashhur futbol agenti Jorje Mendesh bilan Barselona hamda Benfika azolarini klubga olib kelish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchilarning biri kataloniyaliklardan, yani, bu Nelson Samedu. Qolgan ikki nafari esa «Benfika» futbolchilari Ruben Diash hamda Joao Feliksdir.
Samedu «ko'k-anorranglilar»dagi faoliyatidan norozi bo'lmoqda va «matraschilar» tomonidan kelib tushadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor bo'lib turibdi. Uning transfer narxi 100 mln. evroga baholangan. Qayd etilishicha, klublar o'rtasidagi kelishuvda Antuan Grizmann Kataloniyaga ko'chib o'tishi uchun Nelson faoliyatini Madrid jamoasida davom ettirishi haqidagi band kiritilgan bo'lishi mumkin.
SHuningdek, Diash 60 mln. evro va Feliks esa unga nisbatan ikki borabar ko'proq qiymatdagi transfer summasiga egaligi malum qilingan.
O’xshash yangiliklar
13:13
Kunde uch marta kech qolib, zaxirada qolib ketgani uchun "Barselona" xodimlaridan yordam so'radi 8

Fikrlar