"Atletiko" hujumchisi A Seriya klubiga o'tishga yaqin
23 avg 2019 12:36
Yangiliklar
"Atletiko" hujumchisi A Seriya klubiga o'tishga yaqin
"Atletiko" forvardi Nikola Kalinich Italiyaga qaytishga yaqin.
"Roma" futbolchini keyingi mavsum sotib olish huquqi bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi.
Kalinich uchun A Seriya begona emas. U oldinroq "Fiorentina" va "Milan" klublarida o'ynagan. 31 yoshli xorvatiyalik o'yinchi o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Futbolchining "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 10 million evroni tashkil etadi.
Kalinich "Atletiko"dan tashqari "Xayduk", "Pula", "SHibenik", "Blekbern Rovers", "Dnepr", "Fiorentina" va "Milan" klublarida o'ynagan. U 2008 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar