"Atletiko" Eriksenga 70 million evro taklif qildi
20 iyu 2019 17:07
Yangiliklar


"Atletiko" Eriksenga 70 million evro taklif qildi
"Atletiko"ga "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen kerak.
Madridliklar "shporlar" xavbekiga qiziqish bildirishmoqda va futbolchi uchun 70 million evro taklif qildi.
Daniyalik futbolchining agenti futbolchi uchun klub qidirish harakatiga tushgan. "Real"ning qiziqish bildirishiga qaramay unga aniq bir taklif kelib tushmayotgan edi.
Eriksenning "Tottenxem" bilan imzolagan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so'ng yakuniga etadi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 13ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
20:02
APL. MYU "Brentford"ga mag'lub bo'ldi, "Nyukasl" va "Tottenxem" o'z o'yinlarida durang qayd etishdi 4

Fikrlar