So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

"Atletiko" deyarli ideal o'yin o'tkazdi, ammo takrorlash qiyin bo'ladi Yangiliklar

"Atletiko" deyarli ideal o'yin o'tkazdi, ammo takrorlash qiyin bo'ladi

Barchasini mayda detallar va Simeonening reakciyasi hal qildi.

"Atletiko" va "Liverpul" o'rtasidagi istalgan o'yin natijasi qanchalik adolatli bo'lganini bilmoqchi bo'lsangiz bitta "layfxak" mavjud: shunchaki zarbalar statistikasiga etibor bering.

To'g'ri, boshqa istalgan bellashuv uchun bu statistik ko'rsatkichning ikki so'mlik ahamiyati bo'lmaydi va u hattoki aldamchi bo'lishi ham mumkin. Lekin aynan shu jamoalar to'qnashuvi uchun eng maqul yo'l mana shu. Nega, deysizmi? CHunki "Atletiko"ning o'yin falsafasi — o'z jarima maydoniga yaqinlashgan va qimirlayotgan har bir narsani yo'q qilishdan iborat. Bu shundlay futbolki, unga qarshi turgan jamoa gol uyoqda tursin, zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqishi mushkul vazifa. Bugungi "Liverpul"ning falsafasi esa — to'pga egalik qilish, hujumkor o'yin evaziga natija qayd etish. Bunday o'yin bilan esa futbolchilar ko'p bor zarba uchun vaziyat yaratadilar. Va odatda bu jihatlar ularning raqiblariga ham tasir qiladi. Tabiiyki, o'zaro o'yinda kimning falsafasi ustun bo'lsa, o'sha jamoaning "ketmoni uchgan" bo'ladi.

Endi, o'sha zarbalar statistikasiga etibor bering.

"Atletiko": mezbonlar etti bor zarba berishdi, ikkitasi jarima maydoni ichida turgan holatda, to'rttasi jarima maydoni tashqarisidan (qiziq tomoni Tomas Parti bir marta maydon markazining narigi tomonidan ham zarba berib ko'rdi). Ikki zarba ishonga aniq etib bordi. Opta qayd etgan malumotga ko'ra, ikkita "Big Chance" bo'ldi. Bu shunday vaziyatlarki, to'p darvoza to'riga borib tushmasligi, noaniq ketishidan qiyinroq holatlar. Umumiy hisobda bu o'yinda "Atletiko" 1,1xG qayd etdi (va o'sha bitta golini ura oldi).

"Liverpul": sakkiz zarba, to'rt martadan jarima maydoni ichidan va tashqarisidan zarba berildi. Ularning ikkitasini raqib futbolchilari darvozaga, darvozabonga etib bormay to'xtatishdi. Mehmonlar birorta aniq zarba bera olishmadi (!). Bitta "Big Chance", xG bo'yicha ko'rsatkich - 0,5. Balki sizga isbot kerakdir? Muammo emas, mana skrinshot.

"Atletiko" chin manoda "Liverpul"ni mag'lub etdi. Bu bellashuvda raqibiga umuman imkon qoldirmadi. 


Nega barchasi shunday bo'ldi: Trentning omadsiz kuni

Tabiiyki, madridliklar o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rishgan. O'yindan avval Saul "Liverpul" yarim himoyachilarini "ovchi itlar" deb atagandi, murabbiylar shtabi ularni o'ta og'ir o'yinga tayyorganini aytib o'tdi: "Ular aqlbovar qilmas pressingni ishga solishadi va mabodo to'pni olib qo'ya olmasalar ham, kamida etti futbolchi katta tezlikda ortga qaytadi. Ularning eng ustun tomonlaridan biri - tezkor qarshi hujumlar. Lekin raqib chuqurroq himoyalansa liverpulliklar muammolarga duch keladilar. Biz ularning kuchsiz tomonlarini bilamiz va imkon qadar ulardan foydalanishga harakat qilamiz.

Klopp ham jimgina o'tirgani yo'q. U ishga ijodkorona yondashishni maqul ko'rdi va Aleksander-Arnoldga imkon qadar ko'proq erkinlik berishga intildi. Trent butun maydon bo'ylab harakat qildi, hatto bazi vaziyatlarda chap qanot himoyasida ham to'p bilan muomalada bo'ldi. O'yindagi holatdan kelib chiqib uning bo'sh qolgan zonasini Xenderson va Fabino egallashdi. Agar Trent markazdan hujumga qo'shilsa va qanot futbolchisidan markazdagi pleymeykerga aylansa, uning joyiga Xenderson yo'l oldi, hamda Arnoldning o'zi kabi juda baland joylashib o'ynadi, 

Klopp rejasi ishlayotgandi. Birinchi bo'limda "Liverpul" 12 bor havodan to'p oshirishni amalga oshirgan bo'lsa, ularning 8 tasi Aleksander-Arnold ijrosida edi (6 tasi o'yindan). Bu hozirgi "Liverpul"ning eng kuchli tomonlaridan biri va Trent muhim figuralardan biri ekanligini inobatga olsak, "Atletiko" uchun hammasi zo'r o'tayotgandi deb bo'lmaydi. Trent erkinligini ochib beradigan yana bir fakt uning 47 ta to'p oshirishidan 22 tasi hujum maydonining uchinchi qismiga amalga oshirildi. Bu nafaqat eng yaxshi, u hatto qolganlardan ikki barobar yaxshi ko'rsatkich bo'libt turgandi. Tanaffusda Simeone jiddiy qadamlardan qo'rqmadi: Lemarni zaxiraga oldi va Lorenteni o'yinga tashladi, bu esa bir nechta poziciyalarga tasirini o'tkazdi. Lorente o'ngga o'tgan bo'lsa, Koke markazda, Saul – chap qanotga. Barchasi Aleksander-Arnoldning juda erkin harakatlanayotganidan.

Tanaffus vaqtidayoq o'yinchi almashtirish, qo'shimchasiga taktik o'zgarishlarni ham amalga oshirishning biroz tavakkalchiligi bor, ammo Simeone kech qolishi hech gap emasdi. U darhol Trentning "kislorod yo'lini" darhol yopmasa, u bundan foydalanib qolishi mumkin edi. Qisman, omad ham  "Atletiko"ga kulib boqdi: Trent shu o'yinda o'ziga o'xshamadi, uning qanotdan jarima maydoniga etkazib beradigan to'p oshirishlari o'ta omadsiz chiqaverdi. Qo'shimchasiga, mezbonlar havoda yaxshi o'ynashdi. "Matraschilar" jarima maydonlarida biror marta havodagi kurashda mag'lub bo'lishmadi, lekin o'zlari raqib jarima maydonchasida ikki bor ustun kelishdi. "Liverpul"ga odatdagidek faol qanotlar etishmadi. 


Nega barchasi shunday bo'ldi: "Atletiko" ijrosidagi pressing

Ikkinchi bo'limda havodan to'p oshirishlar yanada ko'p bo'ldi (21- «Liverpul»da, ularning 10 tasi Trentga tegishli), lekin vaziyat endi birinchi bo'limdagidek emasdi. Yani, qanotdagi futbolchiga qulay vaziyat yaratib, u to'pni qabul qilib, jarima maydonchasidagi holatni baholab, u erdagi hujumchi esa qulay poziciya tanlashga ulgurishi kerak. Amalda esa kurash ostida qanotdan oshirilgan to'p uchun jarima maydonchasidagi hujumchi yana kurashishi zarur bo'ldi. Ikkinchi bo'limda "Atletiko" to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirishlarni inobatga olmaganda, 40 ta himoyaviy harakatlarni amalga oshirdi. Bunday pressingda to'pni oldirib qo'ymaslik juda qiyin. "Liverpul" xatoga yo'l qo'ya boshladi: bir taymning o'zida 20 ta majburiy bo'lmagan xatoga yo'l qo'ydi, ularning 5 tasi maydonning o'z yarmida. Endi Simeone shunchaki raqib tarkibidagi etakchilarning o'yini chiqmasligidan umid qilib o'tirgani yo'q. Saul va Lorente – bu Lemar va Koke juftligiga nisbatan yopiqroq qanot degani. Tanaffusgacha "Atletiko" yopiq o'yin namoyish qilgan bo'lsa, ikkinchi taymda yanada "yopilib" oldi.

O'yinda umuman xavfli vaziyat bo'lmadi demoqchi emasmiz: Gomesning to'p oshirishidan keyin Salax to'pga zarba bera olmadi, Morata qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo to'p oyog'iga tushmadi. Biroq shu holos, o'yin ko'proq taktik kurashlar ostida o'tdi. 

Maydondagi ikki jamoaning biri – olti daqiqa kam Angliya chempioni, deyarli barcha rekordlarni yangilab tashla(yot)gan va CHempionlar Ligasining amalda g'olibi ekanligi hamda u o'yinni "ochish"ga intilganini hisobga olsak, ispanlarga tik turib qarsak chalsak arziydi.

Qayd etilmagan yana bir muhim detal qoldi. Va usiz o'yin butkul boshqacha scenariy ostida o'tishi mumkin edi. "Atletiko" hujumchilarining o'ta aqlli pressingi bo'lmaganda, maydon markazi va qanotda bu qadar zich va intensiv harakat qila olmagan bo'lardi. To'g'ri, Simeone har ikki hujumchisini almashtirdi, lekin nazarimizda, bu o'zgartirish futbolchi o'yinidan qoniqmaganligi uchun emas, shunchaki uchrashuvda ishtirok etgan to'rtta hujumchi ham to'xtovsiz harakatda bo'lishdi. Ulardan hujumga o'tayotganda raqib himoyachilari bilan kurashga kirishdan ham ko'proq, o'sha himoyachilar to'pni yarim himoyadagi sheriklariga etkazishlariga imkon qoldirmaslik talab qilindi. SHu orqali "Atletiko" markaziy yarim himoyachilari erkinlikka ega bo'ldi va ular qanotga o'tib yordam berish imkoniga ega bo'lishdi. Quyidagi surat markazdagi futbolchilarning harakatini ko'rsatib beradi. Agar hujumchilarning bunday o'yini bo'lmaganda, yarim himoyadagilar ham bot-bot qanotga o'tib to'p uchun kurasha olmagan bo'lardilar.

Bu bellashuv "Atletiko"ni juftlik favoritiga aylantirmas, lekin o'yindan avval bo'lgani kabi, "Liverpul"ning navbatdagi o'ljasi degan qarashlarni o'zgartiradi.

Oxirgi olti o'yinda "Atletiko" bir bor g'alaba qozondi. Minimal hisobda "Granada" taslim etildi. Jamoa Primerada "Eybar"ga (0:2) mag'lub bo'ldi, Qirol Kubogi doirasida "Leonesa"ga yutqazib qo'ydi (1:2), o'z maydonida "Leganes" bilan chempionat uchrashuvida (0:0) durang o'ynadi va "Real Madrid"ga yana yutqazdi (0:1), "Mestalya"da "Valensiya" bilan murosa ko'chasini tanladi (2:2).

Hozir "Atletiko" Diego Simeone qo'l ostidagi davrda maksimal muammolarga duchor bo'lgan. Jarohatlar, standart vaziyatlarda ishonchli o'ynay olmayotgan himoya, hujumdagi imkoniyatlardan foydalana olmaslik. "Atletiko" hatto hisobni saqlab qolish uchun ham avvalgi mavsumlardagidan yomonroq o'ynamoqda. 

"Atletiko" bir tomondan o'z o'yini bilan hayron qoldirmadi, chunki Simeone jamoasini (uning eng yaxshi holatida) qanday harakat qilishi barchaga malum. Lekin boshqa tomondan hayron qoldirdi ham – chunki so'nggi ikki oy jamoa o'ziga o'xshamay qolgandi.

"Atletiko" aynan shu o'yinda o'ziga kela oldi va "Liverpul"ga o'z o'yinini ko'rsatish uchun imkon qoldirmadi. Javob o'yinida bu undanda qiyinroq bo'ladi. Endi Klopp ham Madriddagi o'yindan kelib chiqib, o'z jamoasi o'yinida bir nimalarni o'zgartirishi turgan gap.

SHu o'rinda yana bir narsa: "Atletiko" muxlislaridan o'yindan avvalgi performans.

 

Unda ayiq aks etgan. Bu Madrid timsoli (aynan u klub va shahar gerbida ham aks etgan) va majoziy manoda o'zlikka qaytish. "Atletiko" bu ishni ideal vaqtda amalga oshirdi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика