So’nggi yangiliklar

22:45ЕЧЛ. "Фейеноорд" ва "Интер" Нидерландияда ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 22:10"Барселона" Эл Ҳилалини мақсад қилган  1 21:21ЖЧ саралаши. БАА КХДР билан ўйинни ўзига қулай бўлган майдонга кўчира олди  17 21:00"Ҳусановни биринчи марта кўрганимда, "Янги ван Дейк ўсиб бормоқда" деб айтганман"  7 20:45"Манчестер Сити" 401 хонали янги меҳмонхона барпо этади  1 20:21"Ливерпуль" Команни "Бавария"дан сотиб олмоқчи  1 19:55Анри "Арсенал" ЕЧЛни ютиши мумкин деб ҳисоблайди  3 19:36Аморим Европа Лигаси ҳақида: "МЮда қурмоқчи бўлган нарсамиз ҳозир соврин ютишдан анча муҳимроқдир"  2 19:13"Манчестер Юнайтед" Онананинг ўрнига бошқа дарвозабон олиб келмоқчи  3 18:31ПСЖ Киммихга ёздаги трансфер борасида таклиф берди  0 17:59"Барселона" янги дарвозабон изламоқда - рўйхатда уч номзод бор  7 17:32Футзал. Ўзбекистон кубогида иштирок этувчи барча 16 та клубнинг қайдномаси битта саҳифада  0 17:10Қозоғистон чемпионати. Шаҳбоз Умаров 1-турнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 16:55"Пахтакор" - "Ал Ҳилол" 1:0. Бу оддий ёки тасодифий ғалаба эмасди  15 16:50Гвардиола "Ман Сити"дан "Бавария" юлдузини сотиб олишни сўрамоқда  2

"Atletiko" - "Barselona" va La Liganing qolgan shiddatli o'yinlari uchun prevyu Yangiliklar

"Atletiko" - "Barselona" va La Liganing qolgan shiddatli o'yinlari uchun prevyu

FIFA kunlari yakunlanib, “kuchli beshlik” va boshqa milliy chempionatlar qaytayotgani sovuq havoda qalbga iliqlik olib kirishi tabiiy.

Hafta davomida mashinangiz bilan muz qoplagan yo'lda tirbandlikda qolib asablaringiz buzildimi, sovuq havoni xushlamaysizmi, marhamat, La Liganing boshlanajak 10-turi sizga havola. SHoshmang, o'zi o'tgan turda nima bo'lgandi?

“Barselona” uzoq o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi, o'z uyida “Betis”ni “savaladi” (5:2). Turnir jadvalida yuqori o'rinlarga intilayotgan “Kadis” “Atletiko” mehmoni bo'ldi va o'z darvozasida 4 ta to'p o'tkazib uyiga qaytdi. “Real Madrid” esa “Valensiya” maydonida o'z darvozasiga belgilangan 3 penalti natijasida 4:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Peshqadam “Real Sosedad” esa xotirjam, o'tgan turda ham ishonchli g'alabaga erishib qo'ydi.

10-turda bizni qanday bahslar kutyapti ekan deysizmi? Grand jamoalar o'zini o'nglab olishi haqida o'ylayapsizmi? Stop! Bu tur ham bizga syurprizlar tayyorlab turibdi, ishonavering. 


20.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Osasuna” – “Ueska”

Turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasidagi “Ueska” “Osasuna” mehmoni bo'ladi. Mezbonlarning ham bu mavsum ishlari yurishmayapti, 8 o'yinda 3 g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat – 13-o'rin. “Ueska” esa hali g'alaba nimaligini bilmay kelyapti. Biroq oxirgi turda “Ueska” o'z uyida durang o'ynagan bo'lsa, “Osasuna” mehmonda “Sevilya”dan engildi. Bugun esa ikkisiga ham ochko suv va havodek zarur, so'nggi pog'onalar hech kim uchun baxt emas.

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 9 uchrashuvning 5 tasida “Osasuna” g'alabaga erishgan bo'lsa, 3 uchrashuvda “Ueska”ning qo'li baland kelgan. Atigi 1 o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Brandon Lyamos, Darko Brashanats, Xuan Manuel Peres, Aridane Ernandes, CHimi Avila, Xonatan Kaleri (“Osasuna”). Antonio Valera (“Ueska”).


21.11  20:15  (Toshkent vaqti)  “Vilyarreal” – “Real Madrid”

Ikki jamoa uchun ham ochko suv va havo kabi zarur bo'lgan uchrashuv ekanligi afisha jihatidan ham bilinib turibdi. Ammo bu jamoalarning bu mavsumdagi ahvolidan xabaringiz bormi? O'tgan turdagi mag'lubiyat sabab “Real Madrid” pastga tushgan bo'lsa, uning o'rniga aynan “Vilyarreal” joylashgan. Oradagi farq – 2 ochko. So'nggi turni mehmonda o'tkagan jamoa “Xetafe” ustida 1:3 hisobida g'alaba qozondi. “Real” esa yutmasa bo'lmaydi, kamiga asosiy etakchilarsiz qolgan jamoa bu. Super bahs!

O'zaro o'yinlar: 42 bahsning  25 tasida Madridliklar, atigi 4 tasida esa “Vilyarreal” g'alabaga erishgan. 13 bahs esa durang bilan yakunlangan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xaume Kosta, Alberto Moreno, Xuan Foyt (“Vilyarreal”). Federiko Valverde, Eden Azar, Alvaro Odriosola, Kazemiro, Nacho, Daniel Karvaxal, Eder Militao (“Real Madrid”).


21.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Atletiko Madrid” – “Barselona”

Turning markaziy uchrashuvi deysizmi? SHubhasiz, gap-so'zga hojat yo'q! Bo'lajak tur o'ninchisi bo'lsa ham biroq bu jamoalar 7 tadan o'yin o'tkazishgan hozircha. Endi-endi o'ziga kelayotgan kataloniyaliklar o'tgan turdagi g'alabsidan so'ng 8-pog'onaga ko'tarilib oldi. “Atletiko Madrid” esa “kuchli uchlik”da. Bu o'yindagi mag'lubiyat ikki jamoaning ham o'rni o'zgarishiga sabab bo'ladi. Ustida-ustak Luis Suares ham unda koronavirus aniqlangani sababli bahsda ishtirok eta olmaydi. “Barselona” ECHL doirasida “Yuventus”ga qarshi o'ynaganda Ronaldu o'ynamagan edi va natija qanday bo'lganini ko'rdik. Suares ham sobiq jamoasi bilan o'ynay olmaydi va bu qaysidir manoda madridliklarni etakchisisiz o'ynaydi degani. Qiziq o'yin bo'lishiga ishondingizmi endi, Suares bo'lmasa ham?!

O'zaro o'yinlar: 207 bahs, 65 g'alaba “Atletiko Madrid”da, 93 tasi “Barselona”da va 49 o'yinda durang. To'plar nisbati: 309-393. Super shunchaki!

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Diego Kosta, Vitolo, SHime Vrsalko, Yannik Karrasko, Luis Suares, Lukas Torreyra (“Atletiko Madrid”). Samuel Yumtiti, Ronald Arauxo, Serxio Buskets, Filippe Koutino (“Barselona”).


22.11  20:15  (Toshkent vaqti)  “Kadis” – “Real Sosedad”

9-tur uchun anonslarda “Kadis”ni ko'p etirof etdik va yakunda “Kadis” yirik hisobda mag'lub bo'ldi. “Real Sosedad” esa hozirgi yurishini oxirgacha olib borishgacha kuchi etsa va bunga asosiysi o'zi ishonsa yaxshi, lekin hali mavsum o'rtasi va yakuni bor. 9 o'yinda 8 gol urgan “Kadis” 6-o'rinda. 20 ta to'pni raqiblar darvozasiga kirita olgan “Real Sosedad” esa peshqadam. Bu o'yin kim aslida kim ekanligiga oydinlik kiritib berishi mumkin, biroq o'zgarish bo'ladi mana shu o'yindan keyin turnir jadvalida.

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan 30 o'yinning 6 tasini “Kadis”, 13 tasini esa “Real Sosedad” yutgan. 11 uchrashuv durang bilan tugagan. To'plar nisbati: 24-48.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xose Mari, Nano, Isaak Karselen (“Kadis”). Aser Ilyarramendi, Modibo Sanyan, Arits Aranbarri, Andoni Gorrosabel, Luka Sangali (“Real Sosedad”).


22.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Alaves” – “Valensiya”

O'tgan turda o'z maydonida Madridning “Real”iga hech qanday imkoniyat qoldirmagan jamoa “Alaves” mehmoni bo'ladi. Mezbonlar 9-turni “Levante”ga qarshi o'tkazdi va ushbu o'yinda durangga imzo chekishgandi jamoalar. 9 o'yin o'tkazib 4 tadan mag'lubiyatga uchragan jamoalarning biri bu bahsda mag'lub bo'lsa quyiga qarab sho'ng'iydi, ijobiy natija bo'lsa esa yuqoriga siljish kuzatilishi aniq. O'rta pog'onadagi jamoalarning bahsi har doim qiziq bo'lgan, yakshanbani pozitiv kayfiyatda yakunlash uchun yaxshi tanlov!

O'zaro o'yinlar: Jamoalar o'tkazgan o'zaro 34 o'yinning 18 tasini “Valensiya”, 9 tasini esa “Alaves” yutgan. 7 bahsda esa murosa ko'chasi tanlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pere Pons, Burgi (“Alaves”). Yasper Sillessen, Maksi Gomes, Muktar Dyakabi (“Valensiya”).


Turni bezab beruvchi 5 uchrashuv haqida o'qidingiz, quyida esa yana bir-biridan qiziq 5 o'yin ro'yxati bilan tanishing:


21.11  18:00  (Toshkent vaqti)  “Levante” – “Elche”

21.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Sevilya” – “Selta”

22.11  18:00  (Toshkent vaqti)  “Eybar” – “Xetafe”

22.11  22:30  (Toshkent vaqti)  “Granada” – “Valyadolid”

23.11  01:00  (Toshkent vaqti)  “Atletik Bilbao” – “Betis”


FIFA kunlaridan keyin orziqib kutilgan La Liga o'yinlari anonsi bilan tanishdingiz, yoqimli tomosha tilaymiz!



Olga Meshkova

Og'abek Samisov tarjimasi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика