Atletiko – Barselona. Messi maydonga tushishi mumkin
27 dek 2013 08:33
Yangiliklar

Atletiko – Barselona. Messi maydonga tushishi mumkin
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 19-turining markaziy uchrashuvi hisoblangan Atletikoga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
Uchrashuv 12 yanvar kuni Visente Kalderon stadionida bo'lib o'tadi, bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Oldingi xabarlarga ko'ra 26 yoshli futbolchi Argentinadan Kataloniyaga 2 yanvar kuni qaytib keladi.
Klub murabbiylari Messiga uzoq parvozdan so'ng xordiq olish imkonini berishmoqchi. SHu bois 18-turdan o'rin olgan Elchega qarshi o'yinda (5 yanvar) hujumchi maydonga tushmaydi.
Bundan tashqari, 9 yanvar kuni Barselona Ispaniya kubogi doirasida Xetafega qarshi o'ynaydi. Argentinalik futbolchi mana shu o'yinda ham maydonga qaytishi mumkin.

Fikrlar