So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

LaLiga. Ter SHtegenning qo'pol xatosi tufayli "Barselona" "Atletiko"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

LaLiga. Ter SHtegenning qo'pol xatosi tufayli "Barselona" "Atletiko"ga mag'lub bo'ldi

"Atletiko" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 10-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Atletico Madrid

Yannick Carrasco - 45'

LaLiga . 10-tur

22/11/2020, 01:00

0
:
1
Tugadi

Barcelona

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
9'  Koke
26'  Yannick Carrasco
45'  Yannick Carrasco
45'  Angel Correa
73'  Marcos Llorente (Diego Costa)
79'  Stefan Savic
80'  Jose Gimenez
84'  Joao Felix (Thomas Lemar)
84'  Angel Correa (Geoffrey Kondogbia)
90'  Yannick Carrasco (Felipe)
57'  Pedri (Philippe Coutinho)
62'  Gerard Pique (Sergino Dest)
83'  Antoine Griezmann (Trincao)
83'  Miralem Pjanic (Martin Braithwaite)

YANGILASH


"Atletiko" – "Barselona" 1:0

"Vanda Metropolitano"

Gol: 1:0 – 45 Karrasko.

"Atletiko" – Oblak, Tripper, Ermoso, Savich, Ximenes, Saul, Karrasko (Felipe, 90), Joau Feliks (Lemar, 84), Lorente (Diego Kosta, 73), Korrea (Kondogbia, 84), Koke.

"Barselona" – ter Stegen, Pike (Dest, 62), Langle, Alba, Serdji Roberto, Pyanich (Breytueyt, 83), de Yong, Pedri (Koutino, 57), Dembele, Grizmann (Trinkau, 83), Messi.

Ogohlantirishlar: Koke (9), Karrasko (26), Savich (79), Ximenes (80).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Serxi Robertoning zarbasidan so'ng to'p "Atletiko" himoyachisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va Oblak uchun kutilmagan tomonga yo'l oldi. Biroq to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

82. Leo o'z qanotidan to'pni "Atletiko" jarima maydonchasiga uzatdi. Grizmann esa boshi bilan to'pni darvozaga burdi, ammo Oblak to'p yo'nalishini topishda adashmadi va uni egallab oldi.

81. Messi jarima zarbasini amalga oshirdi va to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

79. Savich o'z jarima maydonchasi yaqinida Messiga nisbatan qo'pol o'ynadi. Hakamga etiroz bildirgani uchun Ximenes sariq kartochka oldi.

74. Messi o'zining "Leo" nomli zarbasini (uzoq burchakni nishonga olish) berishga urindi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi.

73. Zarba. Karraskoning uzoq burchakni nishonga olish rejasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. To'p burchak bayroqchasi tomonga uchib ketdi.

67. Pyanich uzoq masofadan "Atletiko" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq zarba noaniq.

62. O'zgarish: Pike o'rniga Dest maydonga tushdi.

61. Pike maydonni shifokorlar yordami bilan tark etmoqda. O'zgarish bo'ladi shekilli.

59. Korrea Pike oyog'iga yiqildi va Jerar jarohat oldi. SHifokorlar maydonga chiqib, himoyachiga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

57. ZARBAAA, LANGLEEEEE! Messining o'ng oyoqdagi uzatmasidan so'ng Langle boshi bilan "Atletiko" darvozasi tomon zarba berdi. CHiziq ustida turgan Oblak to'pni ushlab oldi.

55. Ayni shu daqiqalarga kelib Messi 4,2, Feliks esa 6,8 km. masofa bosib o'tishibdi.

53. "Atletiko" ikkinchi bo'lim boshida ham huddi birinchi taymdagidek faol harakatlanmoqda. Ko'ramiz, bu safar taym startida nimalar bo'lar ekan.

47. Jamoalar tarkibida hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+3. GOOOL! Ter SHtegenning qo'pol xatosi "Barselona"ga qimmatga tushdi. "Atletiko" tezkor qarshi hujum uyushtirayotgandi, kutilmaganda Ter SHtegen deyarli markazgacha chiqib keldi va to'pni raqibdan olib qo'ya bilmadi va Karrasko bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. Messiiii! Leo Albaning ajoyib uzatmasini qabul qildi, ammo o'tkir burchakda qolgan argentinalik zarba berishdan boshqa narsa o'ylab topa olmadi. Natijada Oblak to'pni egallab oldi.

39. "Atletiko"ning xavfli hujumi golsiz yakunlandi, buning ustiga hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini ko'rsatdi.

35. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Barselona" tomonda, ammo ular birorta golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi.

26. Sariq kartochka. Karrasko markazda Serxi Robertoni yiqitgani uchun "mukofotlandi".

23. "Atletiko"ning o'yin boshidagi faolligi foyda bermagach poytaxtliklar taktik hujumlarni qo'llay boshlashdi, "Barselona" esa ko'proq to'pga egalik qilib, qanotlar orqali hujum tashkil qilishga urinmoqda.

14. "Barselona"ning hujumi Messining noaniq uzatmasi bilan yakun topdi.

12. ZARBAAA! Bu safar Lorente "Barselona" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib, maydonni tark etdi.

9. Sariq kartochka. Koke o'z jarima maydonchasi o'ng burchagi yaqinida Dembeleni yiqitgani uchun jazolandi.

5. ZARBAAA! Saulning super zarbasidan so'ng hisob ochilishi mumkin edi, ammo Ter SHtegen ham Sauldan qolishmadi va ajoyib seyv ijro etdi.

3. Dembele o'ng qanot bo'ylab hujumga o'tdi va to'pni Grizmannga uzatdi, Antuna esa katta tezlikda kelayotgan to'pni darvozaga burishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

1. Uchrashuvga start berildi.

- Jamoalar bo'm-bo'sh "Vanda Metropolitano" stadioniga chiqib kelishdi.


"Atletiko" – "Barselona"

"Vanda Metropolitano"

"Atletiko" – Oblak, Tripper, Ermoso, Savich, Ximenes, Saul, Karrasko, Joau Feliks, Lorente, Korrea, Koke.

"Barselona" – ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Serdji Roberto, Pyanich, de Yong, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика